1- ma’ruza. Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/22
tarix09.06.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#127591
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
1- Ma’ruza.Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi

To‘pni qabul qilish 
To‘p o‘yinga kiritilganda, hujum zarbasidan so‘ng va to‘siqdan qaytganda 
amalga oshiriladi. 
Hozirgi zamon voleybolida to‘pni qabul qilishning quyidagi usullari va 
variantlari mavjud: pastdan ikki qo‘llab (juda kam hollarda bir qo‘l bilan); yuqoridan 
ikki qo‘llab; son qismi bilan va orqaga dumalab bir qo‘llab pastdan; oldinga ko‘krak-
qorin qismlari bilan yiqilgan holda bir qo‘llab pastdan. 
O‘yinga kiritilgan to‘pni sifatli qabul qilish hujum harakatlarining qanchalik 
samarali bo‘lishini belgilaydi. O‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilishning eng ko‘p 
tarqalgan va samarali shakli bu to‘pni ikki qo‘llab pastdan qabul qilishdir. 15-rasmda 
ikki qo‘llab pastdan to‘p qabul qilayotgan o‘yinchining holati tasvirlangan.Oyoqlar 
bukilgan, bir oyoq oldinda, qo‘l kaftlari birlashtirilgan holda pastga tushirilgan. 


To‘pni qabul qilish vaqtida tirsaklarni bukish mumkin emas. Qo‘llar bilan oldinga-
yuqoriga harakat qilinadi. To‘pga nisbatan kuchli qarama-qarshi harakat qilish kerak 
emas. Bunda qo‘llar to‘p tomon yaqinlashtirilib, uning tagiga kiritiladi. Oyoqlarni 
bukib-yozish bilan to‘pga kerakli yo‘nalish beriladi. To‘pni pastdan qabul qilishda 
eng asosiysi to‘pning yo‘nalishi, tezligini to‘g‘ri baholay olish va bog‘lovchi 
o‘yinchini kuzatish hisoblanadi. O‘yinchi zarur joyni egallay olmagan bo‘lsa-yu, to‘p 
o‘ng tomonga yo‘nalayotgan bo‘lsa, to‘pni qabul qiluvchi qo‘llarni to‘g‘ri oldinga 
chiqaradi va o‘ng qo‘lni yuqoriga chiqarib buradi, chap tomonga yo‘nalayotgan 
bo‘lsa, chap qo‘l yuqoriga chiqariladi. 
To‘pni pastdan ikki qo‘llab qabul qilish hujum zarbasini qabul qilishda ham 
asosiy usul hisoblanadi. O‘yinga kiritilgan to‘p yoki hujum zarbasining sifatsiz qabul 
qilinishi (past trayektoriyada uzatish, bog‘lovchi o‘yinchiga yetkazib bermaslik) 
bog‘lovchi o‘yinchi tomonidan hujum uchun beriladigan to‘p uzatishni samarasiz 
bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun mashg‘ulotlar vaqtida turli tezlikda, yo‘nalishda 
va kuchlanishda kelayotgan to‘plarni pastdan ikki qo‘llab qabul qilishga katta e’tibor 
berish zarur. 
15-rasm. 
To‘pni bir qo‘llab qabul qilish tayanch holatda va yiqilib amalga oshiriladi. 
Tayanch holatda bajariladigan usul o‘yinchining yoniga tezlik bilan tushayotgan 
to‘pni qabul qilishda foydalaniladi. To‘pni qabul qilish yopiq holdagi kaft yuzasi bilan 
bajariladi. 
Orqaga yoki yon tomonga yiqilib, bir qo‘l bilan to‘pni qabul qilish ko‘p 
hollarda ayollar voleyboliga xosdir. Harakat so‘nggida yon tomonga katta qadam 
tashlanib, qo‘l to‘p tomon to‘g‘ri uzatiladi. Bunda MOK (markaziy og‘irlik kuchi) 
keskin pasayadi. 
To‘pga zarba berilgandan so‘ng, o‘yinchi tayanch oyoqning uchida yiqilish 
tomonga burilib, oyoq tovoni bilan o‘tiradi va do‘mbaloq oshadi (16-rasm). 


Jarohat va lat yeyishning oldini olish maqsadida gavdaning orqa o‘rta qismi 
bilan emas, balki bir oz yonbosh bilan do‘mbaloq oshiladi, daxan ko‘krak qismiga 
tekkizib olinadi. 
16-rasm. 
Ko‘krak-qorin qismi bilan sirg‘alib yiqilgan holda bir qo‘l bilan to‘pni qabul 
qilish usuli erkaklar voleyboliga mansub usul hisoblanadi. O‘yinchi oxirgi qadamda 
(17-rasm) keskin harakat bilan gavdani pastga-oldinga 25˚-30˚ burchak ostida 
maydonchaga tashlaydi. Tayanchsiz holda kaftning orqa yoki oldi tomoni bilan to‘pga 
zarba berib, qo‘llarini oldinga cho‘zadi va qo‘llari maydonchaga tegishi bilan 
oyoqlarini tizza qismida bukadi, qo‘llar esa orqaga-yonga itarilishi bilan gavdaning 
gorizontal holatga kelishiga yordam beradi. Bosh o‘z vaqtida maksimal orqaga 
tashlanadi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin