Dastlabki holatlar. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga
tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning bajarilishi
kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va harakatlanishni ta’minlashi
darkor. Texnik usulning bajarilishidan qat’iy nazar, dastlabki holatlar birmuncha
statikligi bilan farqlanadi: to‘pni uzatishdan oldin (4 a-rasm), pastdan to‘pni qabul
qilishda (4 b-rasm), to‘siq qo‘yishda (4 v-rasm) va hujum zarbasini berishda (4 g-
rasm).
a
b
v
g 4-rasm.
To‘p uzatish
Bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay
sharoit yuzaga keltiriladi. To‘pni: tayanch holatdan ikki qo‘llab, sakrab ikki qo‘llab,
sakrab bir qo‘llab, orqaga yiqilib turib ikki qo‘llab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan
voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi.
Yo‘nalishi bo‘yicha to‘p uzatishlar (to‘p uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha
bo‘ladi: oldinga, o‘z ustiga, orqaga.
Uzunligi bo‘yicha: uzun – zonalar osha; qisqa – zonadan zonaga;
qisqartirilgan – zona doirasida.
Balandligi bo‘yicha: baland – 2 m dan yuqori, o‘rtacha – 2 m gacha, past – 1
m gacha. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda to‘pga sekin, tez va katta
tezlanish beriladi. To‘pni to‘rga yaqin – 0,5 m gacha va uzoq – 0,5 m dan ortiq
masofada berish mumkin.
To‘pni uzatish texnikasi dastlabki holat, qo‘lning to‘pga qarama-qarshi
harakati, amortizatsiya va to‘pni yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi. Dastlabki holatdan
to‘p tomon harakatlangandan so‘ng voleybolchi vertikal holatda, oyoqlarining
bukilish darajasi to‘p yo‘nalishining balandligiga va uchish tezligiga bog‘liq holda,
oyoq kaftlari parallel yoki bir oyoq (asosiy qo‘lga nisbatan qarama-qarshi) bir oz
oldinda bo‘ladi. Qo‘llar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan
bo‘ladi (5-rasm).
5-rasm.
Qo‘llar to‘p bilan yuz tepasida to‘qnashadi. Bunda bosh barmoq asosiy
nagruzkani qabul qiladi, ko‘rsatkich barmoqlar esa zarba berishda asosiy bo‘ladi.
O‘rta barmoq kamroq ravishda, nomsiz va jimjiloq asosan to‘pni yon tomondan
ushlab turishga xizmat qiladi. To‘pga yo‘nalish berishda qo‘l, oyoq va gavda
mushaklarini kuchlanishi o‘zaro birgalikdagi yaxlitlik bilan izohlanadi. Bunda
gavdaning UOM birmuncha yuqoriga–oldinga ko‘chadi va gavdaning og‘irligi ikki
oyoqning uchiga tushadi. Qo‘llar to‘pni uzatish oxirida to‘liq to‘g‘rilangan holatda
bo‘ladi.
Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashkil qilishda, to‘p baland berilganda
yoki to‘pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to‘p uzatish usulidan
foydalaniladi. Bu holatda qo‘llar bosh ustidan birmuncha baland ko‘tariladi va
qo‘llarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan to‘p uzatiladi. Xuddi
shu holatda qisqa to‘p uzatishda asosiy harakat qo‘l barmoqlarining faol ishlashi
hisobiga amalga oshiriladi (6-rasm).
6-rasm.
To‘pni orqa tomonga (mo‘ljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda
o‘yinchi to‘pning tagiga kirib boradi. Bunda qo‘lning orqa kaft qismi bosh
orqasigacha ko‘tariladi. To‘p uzatish qo‘llarni tirsak qismida bukib-yozish hisobiga
bajariladi,
gavda
orqaga-yuqoriga
harakatlanadi,
bunda
harakat
umurtqa
pog‘onasining ko‘krak va bel qismlarining bukilishi hisobiga bo‘ladi (7-rasm). Sakrab
orqaga to‘p uzatish xuddi tayanch holatda orqaga to‘p uzatish kabi bajariladi. To‘p
uzatishning eng murakkab usuli bu sakrab bir qo‘l bilan to‘p uzatishdir. Bu usul to‘p
to‘r ustiga kelib qolgandagi murakkab sharoitda bajariladi. Bu holda qo‘l tirsaklarda
bukilib, oldinga chiqariladi (8-rasm). Kaftlar oldinga qaratiladi, barmoqlar bukilib,
tarang holga keltiriladi. To‘p uzatish tirsak bo‘g‘inining bukib-yozilishi hisobiga
bajariladi.
7-rasm.
8-rasm.
Dostları ilə paylaş: |