Gimnastika mashqlarining o‘zaro bog‘liqligi. Gimnastika bilan shug‘ullanish jarayonida turli xil mashqlar bajariladi, yangilari o‘rganiladi, eskilari qaytiriladi, ulardan qo‘shilmalar tuziladi. Birlashib harakat qilish natijasida bir nechta harakatlarni o‘rganishda osonlashadi. SHu munosabat bilan yangi harakatlarni o‘rganishni rejalashtirishda iloji boricha harakatlardagi birlashishga intilish kerak.
Odatda allaqachon o‘rganilgan, yangisi bilan o‘xshash, so‘ngisini o‘rganishni osonlashtiradi. Bu erda yangi koordinatsion aloqalarning kuchaytirilishi o‘quvchining harakatlanish tajribasidan foydalanish bilan ro‘y beradi. Qoida bo‘yicha maxsus tanlab olingan harakatlanish mashqlari yangi gimnastik harakatlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Alohida mashqning ijobiy ta’siri butun bir harakatlar guruhini o‘rganishga katta yordam beradi. Masalan: batutda sakrash bir qator engil atletika mashqlarini egallashga yordam beradi.
Darslarni tashkillashtirish va rejalashtirishda va gimnastika mashqlarini o‘rganishda quyidagi birlashish harakatlariga amal qilinadi:
1) birlashib harakat qilishning natijasi yangi harakatlarga katta ta’sir qiladi;
2) bir-biriga o‘xshash harakatlarni tanlashda nafaqat harakatning shakliga, balki uning struktura harakatlarini baholash, aynan ularning son ko‘rsatkichi: amplituda, tezlik, ritm va boshqalar.
Gimnastika mashqlarining o‘qitish bosqichlari. Gimnastika mashqlarini o‘rganish jarayoni o‘quvchi va o‘qituvchining harakati tizimini namoyish etadi. Bu harakatlar aloqaga ega va vaqtga bo‘lingan. Hozirgi xodisada mashqlarni o‘rganish jarayoni ko‘riladi. Unda uchta o‘zaro bog‘liq bosqichlar ajralgan - boshlanich, chuqur o‘rganishlar va mashqlarni mustahkamlash.
Birinchi bosqich - boshlang‘ich - yangi mashqlarning harakatlarini o‘rganish. Birinchi bosqichdagi o‘qituvchi va o‘quvchilarning asosiy harakatlari quyidagilar:
- oldingi o‘rganishning umumiy savollarini ta’riflash;
- bo‘lishi mumkin bo‘lgan harakat rejasini ishlab chiqarish;
- harakatlarni tushuntirish va o‘rgatish.
Ikkinchi bosqich - harakatlarni chuqur o‘rganish. Bu bosqich xal qiluvchi bosqich. U yangi mashqlarning asosiy texnikasiga qaratilgan:
- harakatni bajarish yo‘lini nazorat qilish;
- mashqlarni engil bajarish uchun yordam bermoq;
- o‘rgatishning havfsizligini ta’minlash;
- keyingi mashqlarni rejalashtirish.
Bu bosqichda o‘rgatishning natijasi bu to‘g‘ri va mustaqil texnik harakatini bajarmoq.
Uchinchi bosqich - harakatlarni mustahkamlash. Bu bosqichda o‘qituvchininng roli, nazorat masalalari va o‘quv jarayonini boshqarish bilan ta’riflanadi. Agar masalalari shu bosqichda echilsa, natijada gimnastika mashqlar texnik to‘g‘ri va mustahkam bajariladi.