Komandani talaffus qilishda asosiy qoidalar. 1. Bajaruvchi va taxminiy komandalar (o‘ngga qarab qadam bos), bajaruvchi komanda esa (rostlan, tik tur). Taxminiy qismda komandalar aniq. Baland va uzunroq beriladi, shug‘ullanuvchilar fikrini bir joyiga jamlashi uchun va shu komandani bajarish. Buyruqning bajaruvchi qismi baland, oz muddat davomida, yakka holda zavq bilan beriladi.
2. Har bir taxminiy buyruqda shug‘ullanuvchilar tik turgan holatda bo‘yruqni tinglaydi.
3. Saflanish uchun bo‘yruqni berishdan oldin safning nomini, keyin harakat yo‘nalishini kolonnada bittadan yoki uchtadan burilib harakatga komandasi beriladi: “Kollonnaga uchtadan chapga, o‘ngga qadam bos”.
4. Ajratish uchun yo‘nalish, masofa kengligi va bajarish usuli ko‘rsatiladi.
“O‘rtadan qo‘yilgan qadam bilan ikki qadamga ajral.” Hamma saf mashqlari keyingi guruhlarga ajratiladi.
Saflanish.
Joyda saf mashqlari.
Joyda saflanish.
Harakatlanish usullari.
Harakat yo‘nalishini o‘zgartirish.
Harakatda saflanish.
Saflanishlar. Darsdan oldin guruh yoki sinfni saflash kerak. Buning uchun alohida buyruqlar bor.
a) SHerenga bo‘yicha saflanish. SHerengaga saflanish uchun avvalo o‘qituvchi oldiga yuzi bilan turishi kerak. “Rostlan”, o‘ng flang turgan nuqtadan buyruq beradi “bir, ikki, yoki uchta va hokazo bir qatorda saflanadi”. Guruh o‘qituvchidan chapda saflanadi.
b) Kolonnaga saflanish. Safdan (kolonnaga) degan komanda beriladi. O‘qituvchi komanda berib, o‘zi “Roslan” komandasiga turadi oradagi masofa joyga nisbatan 1 qadam bo‘lishi kerak. Guruh o‘qituvchining orasidan saflanadi.
v) aylana blib turish uchun : “Aylanaga turing” komandasi beriladi.
Joyda turib safdagi komandalar.
Roslan. 2 .Tekislan.3.Erkin (malkay).4 .O‘ng (chap) – erkin.5.To‘xta.6.CHap-ga.7.O‘ng-ga.
Aylan.
NAZORAT UCHUN SAVOL
1. Organizmga har tomonlama bo‘lgan ta’siri.
2. Mashqlarning har xilliligi - gimnastika vositasi
3. Gimnastika vositalarining ta’siri.
Foydalanilgan adabiyotlar
K.M.Maxkamdjonov, E.K.Sodiqova «Xarakat go‘zallik va salomatlik garovi», T. 2002y.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani bo‘yicha maxruzalar. TDPU, 1-2 qism 2002-2003 y.
Gimnastika. A.M. SHlemin, A.T. Brikinlar taxriri. 1982 yil, Toshkent