Bolalar uchun gimnastika musobaqasining taxminiy jadvali (o`quv dasturi)
№
Viloyat komandalari
Vaqti:
15:00-15:25
15:25-15:50
15:50-16:15
16:15-16:40
Izoh
1
Andijon tumani
Zaryadka
Akrobatika
Bruslar
Sakrash
2
Asaka tumani
Akrobatika
Bruslar
Sakrash
Zaryadka
3
Bo`z tumani
Bruslar
Sakrash
Zaryadka
Akrobatika
4
Jalalquduq tumani
Sakrash
Zaryadka
Akrobatika
Bruslar
Jamoa tarkibi 8-10 kishidan kam bo`lmagani yaxshi.
Ikkincha bosqichda musobaqada jadvali aniqlanadi: xakamlar hay'ati tanlanadi va tasdiqlanadi: xujjatlar tayyorlanadi va xokazo. Tayyorgarlik ishlarini musobaqa uyushtirayotgan tashkilotlar va boshqa hakamlar hay'ati birgalikda olib boradilar. Eng murakkab ish musobaqa uchun joy tayyorlash va joyni sifatli jihozlar bilan ta'minlashdir. Musobaqalar uchun bino yoki ochiq maydoncha tayyorlanganda gimnastika jixozlari va tomoshabinlarni qulay joylashtirishni nazarda tutish lozim. Xakam va a'zolar uchun xonalar, dushxona, shifokor uchun joy ajratilgan bo`lishiga e'tibor berish kerak. Bosh xakamlar hay'ati va katta xakam uchun stollar, ko`rsatkichlar va boshqa zaruriy ashyolar bo`lishi zarur.
Tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi:
-asboblarni joylashtirish sxemasini tuzish va mas'ul shaxsni tasdiqlash;
-jamoalar tarkibini, musobaqa o`tkazish jadvalini aniqlash;
-qur'a tashlash;
-dastur turlari bo`yicha xakam jamoasini aniqlash;
-ish va qo`shma bayonnomalarni, axborot jadvallarini tayyorlash.
Uchinchi bosqichda qatnashuvchi jamoalar vakillari bilan kengash o`tkaziladi, jixozlarning mustaxkamligi tekshiriladi, qatnashchilar jixozlarda sinov mashqi o`tkazadilar, musobaqaga jalb qilingan xamma ma'sul shaxslarning tayyorgarligi tekshiriladi.
Musobaqa qatnashchilarining ko`rgazmali chiqishi ularni tanishtirish bilan boshlanadi. Bu tantanali qismni bayramona ruhda o`tkazish lozim. Odatda u birinchi kun musobaqaning birinchi qismidan keyin o`tkaziladi. O`tgan yilgi birinchilikka erishgan g`oliblarning bayroq ko`tarish marosimi – tantananing muhim qismidir.
Musobqani boshqarish, jixoz turlarini almashtirish va boshqalar bosh xakam o`rinbosari yoki xakamlar tomonidan amalga oshiriladi. Musobaqa turlarida baholash ishini bosh xakam va xakamlardan iborat jamoa amalga oshiradi. Katta xakam o`z turida xakamlik ishining sifatiga javobgardir. U jamoa ishiga boshchilik qiladi, musobaqani baholashda qatnashadi, qatnashchilarning intizomini kuzatadi, hakam bahosidagi kelishmovchiliklarni sababini aniqlaydi.
Qoidaga binoan musobaqa soati 10 dan oldin boshlanmasligi va soat 23 dan kech tugamasligi zarur. Birinchi qismda davom etishi bolalar va o`spirinlar uchun 2 soatdan va o`smirlar uchun 3 soatdan oshmasligi kerak.
Musobaqa tantanali ravishda barcha marosimlarga rioya qilingan holda yakunlanadi.
Musobaqaga yakun yasash. Tez yakun yasash bosh kotibning izchil aniq ishlashini talab qiladi yoki bu dastur bo`yicha musobaqaning tugallanishidan keyin, qatnashchilarning ko`rsatgan natijalari tekshiriladi va jamoa natijalari xisoblab chiqiladi.