1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/45
tarix22.07.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#137085
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
12.3 янги амалий (лек)

Xavfsizlik
 
– bu ob`ektning shunday himoyaki, bunda unga ta`sir etuvchi barcha moddalar 
oqimlari, energiyalari va informatsiyalari maksimal ruxsat etiladigan miqdordan oshmaydi. 
Tabiiy ofatlar butun davlat uchun halokatli hisoblanadi. Tabiiy ofatlar natijasida ko`plab 
odamlar halok bo`ladi, moddiy boyliklar nobud bo`ladi, aholi turar joylari, sanoat korxonalari va 
boshqalar vayron bo`ladi. Bundan tashqari tabiiy ofatlar ta`sirida inson yashashi uchun 
noqulay, antisanitar-gigienik shart-sharoitlar vujudga kelib, ular turli xil yuqumli 
kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo`ladi. 
Xavflarni o`rganish tartibi uch bosqichda amalga oshiriladi: 
Birinchi bosqich-
xavflarni oldindan tahlil etish.
Bu bosqich uch qadam bilan 
bajariladi: 1-qadam-xavf manbalarini aniqlash; 2-qadam-xavflarni vujudga keltiradigan 
qismlarni aniqlash; 3-qadam-tahlilni chegaralash, ya`ni, tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib 
tashlash.
Ikkinchi bosqich-
xavfli holatlarni ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar daraxtini 
tuzish.
Xavflar daraxti yuqoridan pastga qarab quriladi hamda sabablari hisobga olingan holda 
tamom bo`ladi (2.2.-rasm).


327 
Uchinchi bosqich
-
oqibatlarni tahlil qilish.
 
Xavfsizlik tizimi, bu-xavfsizlikning 
murakkab masalalarini hal qilish yo`llarini tayyorlash va asoslashda foydalaniladigan 
metodologik choralar yig’indisidir. O`zaro ta`siri bilan aniq bir maqsadga etishtiradigan 
aloqador qismlar yig’indisi tizim deb ataladi.
Tizim deganda birgina moddiy ob`ektdan tashqari aloqalar va bog’lanishlar ham 
tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik tizimga misol bo`lishi mumkin. 
Tarkibiga odam ham kiradigan element tizimi ergonomik tizim deb ataladi. Masalan, 
«Odam-mashina», «odam-mashina-atrof-muhit». 
2.2.-rasm. «Xavflar daraxti»ning sxemasi. 
Tizimlash tamoyili hodisalarni o`zaro bog’liq ravishda bir to`plam tariqasida 
o`rganadi. Tizim beradigan maqsad yoki natija tizim yaratuvchi element deb aytiladi. 
Masalan, yong’in-yonuvchi modda, oksidlovchi kislorod, yondiruvchi. Bu erda yong’in-tizim, 
yonuvchi modda-oksidlovchi, yondiruvchi-uning elementlari. Agar birorta elementni 
shulardan chiqarib tashlasak, tizim buziladi. Tizimda bor sifat uning elementlarida bo`lmaydi. 
Bu tizimning muhim xususiyati bo`lib, xavfsizlik masalalari tahlili asosida joylashgan.
Ko`ngilsiz voqealarning paydo bo`lish sabablarini aniqlash, ularni kamaytirishga qaratilgan 
tadbirlar xavfsizlik tizimi tahlilining asosiy maqsadidir.
Har qanday sabablar natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi. Sababsiz 
haqiqiy xavf ham, zarar ham yo`q. Demak, xavfdan saqlanish uning kelib chiqish sabablarini 
bilishga asoslangan.
Sodir bo`lgan xavflar bilan sabablar o`rtasida sabab-oqibat aloqasi bor. O`z navbatida 
bir sabab ikkinchi sababiy oqibatni keltirib chiqaradi va h.k. SHunday qilib, sabablar va 
xavflar zanjirsimon tizimni yaratadi. Bunday grafikning tasviri shoxli daraxtga o`xshaydi. 
Quriladigan daraxtlarda sabab va xavf shoxlari bor. Ularni o`zaro ajratib tashlash mumkin 
emas. SHuning uchun xavfsizlikni tahlil etishda tuzilgan tasvirni sabablar va xavflar daraxti 
deb atash lozim. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin