Xavf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar etkazadigan ko`ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar
(ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o`z ichiga oladi, chunki hayot faoliyat
xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi.
Hayot faoliyatiga to`g’ri kelmaydigan elementlar tizimi, ximiyaviy hamda biologik
faol moddalar yashirin xavfga egadir.
Xavflar taksonomiyasi -
bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to`g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi
borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o`rganishda katta
ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo`lib, hali to`la ishlab chiqilmagan. Biroq uning
ayrim qismlari quyidagilarni tashkil etadi:
- kelib chiqishi bo`yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo`ladi; - rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bo`linadi; - salbiy oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha impul’siy (beixtiyor harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo`ladi; - xavflar tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha (lokalizatsiya) – litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo`ladi; - kelib chiqadigan oqibatlariga ko`ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar ko`rinishida bo`ladi; - keltiradigan zarari bo`yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bo`linadi; -