322
- axborot oqimlari (o`qitish,
davlat boshqaruvi, xalqaro hamkorlik boshqalar);
- odamlar oqimi (demografik portlash, aholi urbanizatsiyasi);
- narkotik , alkogol vositalar va boshqa oqimlari;
- boshqalar.
Hayot faoliyati jarayonida inson iste`mol qiladigan va chiqaradigan asosiy
oqimlar.
-
kislorod,
oziq-ovqat, suv va boshqa moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) oqimlari;
- energiyalar oqimi (mexanik, issiqlik, quyosh va boshqalar);
- informatsiya oqimlari;
-hayot faoliyat jarayonidagi chiqindilar oqimi;
-boshqalar.
3. HFX kursining qisqacha mazmuni
HFX insonni har qanday muhitdagi faoliyatida uning xavfsizligi va sog’ligini
ta`minlovchi, xavfli va zararli omillardan himoya qiluvchi amaliyot va
nazariyani qamrab
olgan ilmiy bilimlar majmuidir.
Bu fan quyidagi asosiy masalalarni echadi:
-
atrof muhitning noqulay ta`sirlarini turkumlaydi
(aniqlaydi va sonli baholaydi);
-
insonni xavflardan himoyalaydi yoki unga noqulay omillar ta`sirini oldini oladi;
-
xavfli va zararli omillarni ta`siri salbiy oqibatlarini tugatish;
- muhitda insonga normal, shinam sharoit yaratish.
HFXning integral ko`rsatkichi hayotning davomiyligi hisoblanadi. TSivilizatsiya
taraqqiyoti (ilmiy-texnikaning, iqtisodning rivojlanish, qishloq xo`jaligini industrlashtirish,
har xil energiyalardan foydalanish - yadro energiyasigacha, yangi mashina va mexanizmlarni
yaratilishi, zararkunandalarga qarshi har xil o`g’itlarning qo`llanilishi) inson sog’ligiga salbiy
ta`sir etuvchi zararli omillar miqdorini sezilarli darajada ko`paytirmoqda.
SHu sababli ushbu
omillardan himoyalash inson hayot faoliyatini taminlashning muhim elementi bo`lib
qolmoqda.
Insoniyat paydo bo`lgandan boshlab o`zining ko`payishi davomida iqtisodiyotni
rivojlantirish bilan birga xavfsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy sistemasini yaratdi. Buning
oqibatida insonga zararli ta`sirlar sonini oshishiga qaramasdan insonning xavfsizligi darajasi
ortdi. Hozirgi vaqtda eng rivojlangan mamlakatlarda insonlarning o`rtacha umr ko`rishi 77
yoshni tashkil qiladi.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” kursi inson organizmi va atrof muhit o`rtasidagi
murakkab aloqalarni bilish jarayonini ko`zda tutadi. Insonni muhitga ta`siri fizikaviy qonunlar
bo`yicha muhitning barcha tashkil etuvchilari (komponentlari)ni qarama-qarshi ta`sirini
yuzaga keltiradi. Inson organizmi u yoki bu ta`sirlarni moslashish chegarasidan oshmaguncha
og’riqsiz qabul qiladi.
Dostları ilə paylaş: