1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/45
tarix22.07.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#137085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
12.3 янги амалий (лек)

Hayot faoliyat
– 
bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash tarzidir. 
Inson hayoti jarayonida uni o`rab turgan atrof muhit bilan uzluksiz aloqada bo`ladi va 
shu bilan birga har doim uni o`rab turgan muhitga bog’liq bo`lib kelgan va shunday 
qolaveradi. Inson shuning uchun ham o`zini o`rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, 
havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo`lgan ehtiyojini 
qanoatlantiradi. 
Atrof-muhit

bu
insonni o`rab turgan muhit bo`lib, insonning hayot faoliyatiga, uning 
sog’ligi va nasliga to`g’ridan to`g’ri, birdan urinma yoki masofadan ta`sir etishga qobiliyatli 
omillarning (jismoniy, ximiyaviy, biologik, informatsion, ijtimoiy) shartli yig’indisidir.
Inson va atrof-muhit uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`lib, doimiy harakatdagi «Inson – atrof 
muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil 
etuvchilar uzluksiz o`zgarib bordi. Inson mukammallashdi, er sharining aholisi va uning 
oqimi o`sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o`zgardi. Atrof-muhit o`zgardi: inson o`zlashtirgan er 
yuzi va er osti hududi kattalashdi; tabiiy tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o`sib borayotgan 
ta`sirini boshdan kechirmoqda, inson tomonidan sun`iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab 
chiqarish muhiti paydo bo`ldi. 
Tabiiy muhit o`zi mukammal bo`lib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud bo`laoladi va 
rivojlanaoladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq muhiti mustaqil 
rivojlanaolmaydi va ular paydo bo`lganidan so`ng eskirishga va emirilishga mahkum 
narsalardir. 
Insoniyat o`zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan o`zaro 
uyg’un harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, er osti, gallaktika va cheksiz koinotdan 
tashkil topgan. 
Biosfera 

barcha turdagi organizmlar, jumladan inson yashashi mumkin bo`lgan 
atrof-muhit bo`lib, u murakkab tuzilishdagi er sharining muhim qobig’idir.
Biosfera bir necha 
milliard yillar davomida shakllangan. 
Zamonaviy olimlar biosferani moddalarni planeta bo`yicha harakatini ta`minlovchi 
yirik, global ekosistema sifatida qarashadi. Hozirgi erada hayot er qatlamining yuqori 
(litosfera) qismida, erning pastki havo (atmosfera) qobig’ida va er sharining suvli qobig’i 
(gidrosfera) da tarqalgan. Bu shu bilan izohlanadiki, litosferada er osti suvlari va tog’ 
cho`kmalarida chuqurlikni sekin-asta ortib borishi bilan harorat ham ortib 2 km dan 16 km 
chuqurlikda 100 
o
S va undan yuqori (vulqonik faollik zonasida esa 200 dan 1500 
o
S cha)ni 
tashkil etadi. Erning yuzasida hayotning kontsentratsiyasi va faolligi eng yuqoridir. 


320 
Inson evolyutsiyasi jarayonida o`zini oziq-ovqat, moddiy boylikka bo`lgan 
ehtiyojlarini samaraliroq qondirish, iqlim va ob-havo ta`siridan himoyalanish, o`ziga 
qulaylikni oshirishga intilib tabiiy muhitga, birinchi o`rinda biosferaga to`xtovsiz ta`sirini 
o`tkazdi. Bu maqsadga etish uchun u biosferani bir qismini texnosfera band etgan joyga 
aylantirdi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin