1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/45
tarix22.07.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#137085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
12.3 янги амалий (лек)

 
 
Avariya holatlarda xavfsizlik talablari 
 
Elektr qurilmasining qobig’iga kuchlanish paydo bo`lganligi sezilsa, tezda uni 
tokdan ajratish lozim . Bu to`g’rida esa o`qituvchiga tezda xabar berish talab qilinadi . 
YOnish o`chog’idagi olovni o`chirishda o`t o`chirish vositasi ishlamay qolgan 
holatda, tezda olovni o`chirish yonish kamerasini qopqog’ini bekitish bilan amalga 
oshiriladi. 
Baxtsiz xodisa sodir bo`lganda jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi.
 
Ish tugatgandan keyingi xavfsizlik talablari 
 
Asboblar, jihozlar elektr ta`minotidan ajratiladi (o`chiriladi)
Ish joyi tartibga keltirilib, ma`lumotnomalar, uslubiy va boshqa adabiyotlar, asboblar
uskunalar o`qituvchiga yoki laborantga topshiriladi. 
 
 
1 – mavzu: HFX fanining asosiy tushunchalari mohiyati. 
Ishdan maqsad: 
Hayot faoliyati xavfsizligi fani haqida tushunchaga ega bo’lish
 
Mashgulot rejasi:
1. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. 
2. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari. 
3. Hayot faoliyati xavfsizligi kursining qisqacha mazmuni.
 
 
1. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. 
 
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq barcha fuqarolarni jumladan 
ishchi xodimlarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, 
ishlash sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga 
katta e`tibor qaratib kelinmoqda.
Ta`lim jarayonining barcha sohalarida ham keng qamrovli islohotlar amalga 
oshirilmoqda. Mamlakatda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta`lim 
to`g’risidagi Qonunlar asosida ta`lim sohasida katta yutuqlarga erishilmoqda. Ta`lim 
mazmuni tubdan ijobiy o`zgarishga yuz tutmoqda. Barcha ta`lim tizimida eng zamonaviy 
o`qitish vositalaridan foydalanilmoqda. Ishlab chiqarish eng qudratli, zamonaviy ishlab 


319 
chiqarish vositalari bilan qurollantirilmoqda. Ijtimoiy hayot tarzi faollashmoqda. Mamlakatda 
qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta`lim to`g’risida»gi Qonun ta`lim tizimi 
mazmunini tubdan o`zgartirib yubordi. Jumladan oliy ta`lim o`quv rejalariga zamon va hayot 
talablaridan kelib chiqib katta o`zgartirishlar kiritildi.
Endilikda tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarga har bir sohada chuqur va keng 
qamrovli ma`lumot berish, ularga berilgan bilim ishlab chiqarishda va jamiyatda o`z aksini va 
dolzarbligini yo`qotmaydigan bo`lishiga va ularning bilim darajalari dunyo ta`lim standartlari 
qo`ygan talabga javob berishiga asosiy ahamiyat qaratilmoqda.
Zamonaviy hayotdagi ishlab chiqarish samaradorligini etuk kadrlarsiz tasavvur etish 
mumkin emas. Har sohada inson omili, uning qadr-qimmati birinchi o`ringa qo`yilib ish 
tashkil etilgan joyda yutuqlar barqaror bo`lishi shubhasiz. 
 
Inson tug’ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bo`ladi. Inson 
o`zining yashash, dam olish, sog’ligi haqida qayg’urish, qulay atrof-muhit, xavfsizlik va 
gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bo`lgan xuquqlarini hayot 
faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida kafolatlangan. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin