1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati


Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/45
tarix22.07.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#137085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
12.3 янги амалий (лек)

2. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari 
Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX)
— 
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
muhitida insonni atrof muhitga ta`sirini hisobga olgan holda xavfsizligini taminlashga 
yo`naltirilgan bilimlar sistemasidir. 
HFXning maqsadi ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishni 
oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini va mehnat sifatini oshirish 
hisoblanadi.
Qo`yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi ikki masalani echish lozim 
bo`ladi: 
1. 
Ilmiy
 (inson-mashina sistemasini; atrof muhit-inson, xavfli (zararli) ishlab chiqarish 
omillari va boshqalarni matematik modellashtirish); 
 
2. 
Amaliy
 (uskunalarga xizmat ko`rsatishda mehnat xavfsizligini taminlash). 


321 
Hayotiy jarayonda insonni atrof-muhit va uning tashkil etuvchilari bilan o`zaro ta`siri 
YU.N.Kurjakovskiyning «Hayot faqat moddalar, energiyalar va informatsiyalar oqimlarini 
tirik tana orqali harakati jarayonida mavjud bo`la olmaydi» degan hayotni saqlash qonuniga 
mos holda elementlar orasidagi moddalar massasining, barcha turdagi energiyalar va 
informatsiyalarning oqimlari sistemasiga asoslangan.
Hayotni saqlash qonunidagi oqimlar insonga o`zini oziq-ovqatga, suvga, havoga, 
quyosh energiyasiga, o`rab turgan muhit haqidagi informatsiyalarga bo`lgan ehtiyojlarini 
qanoatlantirishi uchun kerak. SHu bilan bir vaqtda inson hayotiy fazasida o`zidan ongli 
faoliyati bilan aloqador bo`lgan (mexanik, intellektual energiyalar) bioliogik jarayon 
chiqimlari ko`rinishidagi ma`lum massadagi moddalar oqimini, issiqlik energiya va boshqa 
energiya oqimini ajratadi. Moddalar va energiyalar oqimi almashinuvi inson ishtirok 
etmaydigan jarayonlar uchun ham xarakterlidir.
Tabiiy muhit bizning planetamizga quyosh energiyasi oqimi kirib kelishini 
ta`minlaydi. Bu esa o`z navbatida biosferada o`simlik va hayvonlar oqimini, moddalar (havo, 
suv) adiabatik oqimini, har xil energiyalar oqimini, jumladan favqulodda holatlarda tabiiy 
muhitdagi energiyalar oqimini ro`yobga keltiradi.
Texnosfera uchun barcha turdagi xom ashyo va energiyalar oqimi, mahsulotlar va 
odamlar navbati oqimlarining har xilligi; chiqindi oqimlari (atmosferaga chiqarilayotgan 
chiqindilar, suv hovzalariga tashlanayotgan sanoat chiqindilari, iflos suvlar, suyuq va qattiq 
chiqindilar, har xil energetik ta`sirlar) xarakterlidir.
Har qanday xo`jalik yuritishning chiqindilari va teskari samarasi bo`ladi va ularni 
butunlay yo`qotib bo`lmaydi. Ularni bir fizik-ximik shakldan boshqa shaklga o`tkazish yoki 
fazoga chiqarib yuborish mumkin. Bundan tashqari texnosferada yuz beradigan to`satdan 
portlash, yong’inlar natijasida, qurilish konstruktsiyalarini buzilishida, transport avariyalarida 
va shunga o`xshashlarda katta miqdordagi chiqindilar hosil bo`lishi va energiya oqimlarini 
yuzaga keltirishi mumkin.
Ijtimoiy muhit tabiiy va texnogen olamni o`zgartirishga yo`naltirilgan insonga 
xarakterli bo`lgan barcha energiya oqimlarini ishlab chiqaradi va iste`mol qiladi. Bular misol 
qilib jamiyatdagi chekish, alkogol ichimliklar, narkotik moddalar va shunga o`xshashlarni 
iste`mol qilishga aloqador zararli holatlarni keltirish mumkin. 
«Inson - atrof muhit» sistemasini har xil komponentlari, energiya va informatsiyalarini 
xarakterli massalar oqimini quyida keltiramiz: 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin