2. Favqulodda xavflar Favqulodda holat (FH) – bu qisqa muddatda sodir bo`ladigan, insonlarga, tabiiy
muhitga va moddiy boyliklarga katta darajadagi zarar etkazadigan voqealardir. Hayot faoliyat
xavfsizligi nuqtai nazaridan favqulodda holatlarni keng ma`noda, ya`ni xavfning amalda sodir
bo`lishi va insonlar sog’ligi hamda hayotiga tahdid solishi deb tushunish mumkin.
FH larga katta avariyalar, katastrofalar va baxtsiz hodisalarni misol qilib keltirish mumkin.
Avariyaga – texnik sistemada sodir bo`lib insonlar halok bo`lmagan, texnik vositalarni tiklash
mumkin yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo`lmagan voqealarni misol qilib keltirish
mumkin.
Katastrofalar – texnik sistemalarda sodir bo`lib, insonlarning halok bo`lishiga yoki izsiz
yo`qolishiga sabab bo`ladigan hodisalardir.
Baxtsiz hodisalar – erdagi yuz beradigan FV lar bilan bog’liq bo`lib biosferani, texnosferalarni
buzilishiga, insonlarni halok bo`lishi yoki sog’ligini yo`qolishiga sabab bo`ladigan holatlardir.
Favqulodda faziyatlar (FV) – bu ob`ekt va hudud yoki akvatoriyalarni FH dan keyingi holati
bo`lib, bunda odamlarni hayoti va sog’ligiga tahdid soluvchi, aholi va iqtisodga moddiy zarar
etkazilgan, tabiiy muhit buzilgan holatdir.
Ma`lumki, favqulodda holatlar o`ziga xos xususiyatlar va aniqlanishlarga ega bo`lib, bu
ko`rsatkichlar asosida favqulodda holatlarni ta`riflash mumkin bo`ladi. YUqorida
ta`kidlanganidek, insonning har qanday faoliyatida patentsial xavf mavjud bo`ladi.
Patentsial xavf - bu yashirin kuchdir. Bu kuch amalga oshishi uchun, qandaydir sharoit
yuzaga kelishi lozim. Patentsial xavfni reallikka olib keluvchi sharoit, baxtsiz hodisalarning
sabablari deb tushuniladi. Sabablar ma`lum yoki noma`lum ko`rinishda bo`lishi va ular har
doim ham mavjud bo`lmasligi mumkin. SHaxsga tahdid soluvchi xavflar dunyosi juda keng va u
tinimsiz o`sib boradi. Ishlab chiqarishda, shaharda, maishiy sharoitda insonga bir vaqtda bir
necha noxush omillar ta`sir qiladi. Ma`lum vaqtda ta`sir etuvchi zararli xavflar majmui «inson-
atrof muhit» sistemasining joriy holatiga bog’liq bo`ladi. Barcha xavflar qator belgilari bo`yicha
klassifikatsiyalanadi (10.1.-jadval).