2 - SHaxsiy va ommaviy himoya vositalari
HFXning aspektlariga loyik juda ko`p boshqaruv vositalari mavjud. Bular qatoriga
xalq ommasining ma`rifatli, kasbni tanlash va o`rgatish, odamlarda intizom madaniyatini
tarbiyalash, boshqaruvchi shaxslarga (sub`ektlarga) ruhiy ta`sir, shaxsiy va jamoa himoya
(SHHV va JHV) hamda texnik vositalari kabilar kiradi.
O`zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to`g’risida»gi Qonuniga
muvofiq korxona ma`muriyati ishchi va xizmatchilarni bepul shaxsiy himoya vositalari bilan
taminlashi, ularni saqlash, yuvish, quritish, dezinfektsiyalash va ta`mirlash ishlarini bajarishi
kerak.
Barcha himoya vositalari ishlatilishiga qarab jamoa himoya vositalari va shaxsiy
himoya vositalariga bo`linadi. Ishning xavfsizligini mashinalarning konstruktsiyasi, ishlab
chiqarish jarayonini tashkil qilish, arxitektura-rejalashtirish echimlari va jamoa himoya
vositalarini qo`llash bilan taminlashning iloji bo`lmagan taqdirda shaxsiy himoya
vositalaridan foydalaniladi.
Himoya vositalari texnik estetika, ergonomika talablariga javob berishi, himoya
samaradorligi yuqori, ishlatishda qulay, texnologik jarayonda bajarilayotgan ish turiga mos
342
bo`lishi kerak. SHu ish uchun mo`ljallangan va qabul qilingan tartibda tasdiqlangan texnik
hujjatlari bo`lmagan shaxsiy himoya vositalarini qo`llash taqiqlanadi. Ular vazifasi, ishlash
muddati ko`rsatilgan yo`riqnoma hamda saqlash va ishlatish qoidalari bilan ta`minlanadi.
SHaxsiy himoya vositalari (SHHV) vazifalariga qarab quyidagilarga bo`linadi:
- ihotolovchi kostyumlar (pnevmokostyumlar, namdan ihotolovchi kostyumlar,
skafandrlar);
- nafas olish a`zolarini himoya qilish vositalari (gazniqoblar, respiratorlar, havo
shlemlari, havo nikoblari);
- korjomalar (kombinezon, yarim kombinezon, kurtka, shim, kostyum, xalat, plash,
pustin, fartuk, nimchalar);
- maxsus poyafzal (etik, qo`nji kalta etik, botinka, qo`njli botinka, tufli, kalish,
botilar);
- qo`llarni himoya qilish vositalari (qo`lqoplar);
- boshni himoya qilish vositalari (kaska, shlem, shapka, shlyapalar);
- yuzni himoya qilish vositalari (himoya nikoblari);
- ko`zni himoya qilish vositalari (himoya ko`zoynaklari);
- eshitish a`zolarini himoya qilish vositalar;
- ehtiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo`l changaklari,
manipulyatorlar, tizza, tirsak va elkani ehtiyot qilish moslamalari);
- himoyalovchi dermotologik vositalar (yuviladigan pasta, krem, moylar).
SHaxsiy himoya vositalari bilan taminlash, ularni o`z vaqtida almashtirish, ta`mirlash
va ularni vazifalari bo`yicha ishlatish yuzasidan korxona ma`muriyatiga quyidagi vazifalar
yuklanadi:
1. Ishchi va xizmatchilarga shaxsiy himoya vositalarini berish bo`yicha nazorat hamda
hisobot ishlarini tashkil qilish, ulardan ish paytida to`g’ri foydalanishni, buzilgan, ifloslangan
hollarda esa ularni qo`llashni taqiqlashni nazorat qilish.
2. SHaxsiy himoya vositalarini belgilangan muddatlarda muntazam ravishda sinovdan
o`tkazish, uning sozligini tekshirib turish hamda ularning himoya xossalari pasaygan, oyna va
boshqa qismlarni o`z vaqtida almashtirish va tekshirilgan vositalarga kelgusi sinov muddati
to`g’risida tamg’a qo`yish.
3. Tozalash, yuvish, ta`mirlash, degazatsiyalash, dezaktivatsiyalash, zararsizlantirish
va changsizlantirish ishlarini o`z vaqtida amalga oshirish, ishchi va xizmatchilarni shaxsiy
himoya vositalari bilan o`z vaqtida taminlash korxona ma`muriyatiga, nazorat qilish esa
kasaba uyushmasi qo`mitasiga yuklanadi.
Mehnatni muhofaza qilish bo`yicha tadbirlarni ishlab chiqishda insonda mavjud
bo`lgan tabiiy himoya sistemalarini hisobga olish kerak. Insondagi bu tabiiy himoya
sistemalari ishlab chiqarishdagi darajasi uncha yuqori bo`lmagan xavfli va zararli omillardan
ishchilarni ma`lum sharoitlarda etarlicha himoya qilaoladi. Ammo bu tabiiy himoya
sistemalari har bir odamlarda har xil rivojlangan bo`ladi. SHu sababli, ma`lum ishlab
chiqarish uchastkasiga ishchilarni yo`llayotganda ham, himoya tadbirlarini ishlab chiqishda
ham ana shu holatni hisobga olish lozim bo`ladi.
Evolyutsiya jarayonida insonda tashqi muhitning unga ta`sir qiluvchi har xil
omillariga nisbatan mukammal himoya sistemalari rivojlangan. Ular organizmga zararli
mikroblarni kirishidan, saqlaydi, har xil xavfsizliklar va zararliliklar mavjudligi haqida o`z
vaqtida ogohlantiradi. Bu himoya sistemalari ichida sezgi organlari boshqalarga nisbatan
muhim rol’ o`ynaydi.
Ko`rish esa mavjud xavfni o`lchami, shakli, rangi, fazodagi joylashishi, harakat
yo`nalishi va xavfliligi darajasi haqida qisqa daqiqada ma`lumot beruvchi muhim tahlil organi
hisoblanadi.
Ko`zning tabiiy himoyasi qovoq va yosh suyuqligi hisoblanadi. Kiprikka tegish shu
343
daqiqada qovoqni yopilishiga sabab bo`ladi va u ko`zni kuchli yorug’likdan va mexanik
jarohatlanishdan himoya qiladi.
YUqorida qayd qilinganlarga qaramasdan ko`zning tabiiy himoyasiga har doim
ishonish mumkin emas. Ko`zning shox pardasiga changli havo, har xil zarra va kimyoviy
moddalarning o`tirishi shox pardani xiralashishiga, sezgirligini yo`qotishga va hatto ko`zda
oq dog’lar paydo bo`lishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun ko`zning tabiiy himoya
qobiliyatini himoyalash uchun qo`shimcha muhandislik-texnik vositalardan foydalanish
kerak.
Ko`rish qobiliyati ham hamma odamlarda bir xil bo`lmaydi. Ba`zi odamlar
yorug’likda yaxshi ko`rsa, ba`zilar qorong’ulik tushishi bilan hech narsani ko`rmaydi. Xuddi
shuningdek ayrim kishilar ko`rgan narsalarini rangini, o`lchamini va shaklini aynan tasavvur
eta olmaydi yoki aylanma harakatdagi detallarni aylanish chastotasini noto`g’ri baholashadi.
Eshitish ham xavfdan xabar beruvchi muhim va foydali himoya sistemasi hisoblanadi.
Insonni har xil tovushlarni eshitish qobiliyati uni har xil muqarrar xavflardan himoya qiladi.
Xavfdan xabardor etish bo`yicha, insonni navbatdagi himoya sistemasi hid bilish
hisoblanadi. Uning natijasida inson har xil zararli va xavfli hidlardan o`z vaqtida
himoyalanadi. Natijada ular har xil zararli gazlarning hidini sezmay qoladi. YA`ni neft’
bazada ishlovchilar neft’ mahsulotlari bug’ini sezmaydi.
Tam bilish ham xavf haqida xabar beruvchi himoya sistemasi hisoblanadi. Inson tam
bilishi orqali suvdagi va ovqatdagi achchik va sho`rlikni o`z vaqtida aniqlaydi.
Sezish orqali ham inson turli xil xavfli va zararli omillardan o`z vaqtida himoyalanadi.
Sezish xavfli jism yuzasi, haroratsi, gadir-bo`dirligi va elektr zaryadidan insonni xabardor
etadi. Sezish insonni teri qoplamasi orqali amalga oshadi.
Teri qonga har xil kimyoviy moddalarni kirishini oldini olib organizm zaharlanishini
oldini oladi. Teri qisman organizmni issiqlikdan va mexanik jarohatlanishdan himoya qiladi.
Dostları ilə paylaş: |