1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/45
tarix22.07.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#137085
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
12.3 янги амалий (лек)

 
 
Saqlash qurilmalari. 
Mavjud talablar bo`yicha na biror mashina, stanok yoki uskuna, 
ular ishlatishga yaroqsiz hisoblanadi. Saqlash qurilmalarining asosiy vazifasi ish joylarida 
nazorat qilinishi talab etiladigan ko`rsatkichlar (kuch miqdori, bosim, harorat, siljish va 
boshqalar) ruxsat etilgan miqdoridan oshgan taqdirida, mashina yoki mexanizmni ishdan 
avtomatik ravishda to`xtatishdan iborat. SHu sababli saqlash qurilmalarining konstruktsiyalari 
mashinalar va texnologik jarayonlarning xususiyatlariga bog’liq holda turlicha bo`lishi mumkin. 
Ishlab chiqarishdagi xavfli omillarning hosil bo`lishi tabiatigi ko`ra saqlash qurilmalari 
4 guruhga bo`linadi.
1. mexanik zo`riqishlardan saqlovchi; 
2.mashinalar qismlarining belgilangan chegarada harakatlanishini ta`minlovchi; 
3.bosim va haroratni ruxsat etilgan me`yorlardan oshishini ta`minlovchi; 
4.elektr toki kuchini ruxsat etilgan me`yordan oshmasligini ta`minlovchi. 
Birinchi guruhdagi saqlash qurilmalariga: muftalar, ko`tarishni cheklovchi moslamalar, 
uziluvchi shtiftlar va shpilklar, aylanishlar sonini rostlagichlar kiradi; ikkinchi guruh saqlash 
qurilmalariga mashina mexanizmlarining harakatlanuvchi qismlarini belgilangan chegarada 
harakatlanishini ta`minlovchi moslamalar; ajratkichlar, tayanch to`xtatkichlar kiradi. Uchinchi 
guruh saqlash qurilmalariga bosim ostidagi bug’, gaz yoki suyuqliklar bilan ishlovchi 
mexanizmlarida saqlash klapanlari va membranalar misol bo`la oladi. Barcha bug’ qozonlari, 
gidravlik va pnevmatik sistemalar, bosim belgilangan normadan oshib ketganda avtomatik 
ravishda ishga tushuvchi klapanlar bilan jihozlanadi. Saqlash klapanlaridan foydalanish etarli 
bo`lmagan sharoitlarda membranalardan foydalaniladi. Membranalar yupqa metall 
plastinkalardan tayyorlanadi va bosim belgilangan miqdordan oshib ketganda plastinka yorilib, 
ortiqcha bosim atmosferaga chiqarilib yuboriladi. SHu sababli membrana plastinkasining 
qalinligi sistemadagi bosimga mos holda tanlanadi. 
Mashina va mexanizmlarining normal va rejimda elektr kuchlanishida bo`lishi talab 
etilmaydigan qismlarida elektr tokining yuzaga kelishi turli xil baxtsiz hodisalarni keltirib 
chiqaradi. Bunday xavfli vaziyatlardan hamda elektr toki kuchining belgilandan miqdordan oshib 
ketishini oldini olish uchun eruvchi saqlagichlar ishlatiladi. Bunday saqlagichlar elektr toki 
me`yoriy miqdoridan oshib ketganda erib uziladi va tok ta`minotini to`xtatadi. O`ta xavfli elektr 
qurilmalarida avtomatik ajratkichlardan foydalaniladi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin