3. Jaroxatlanib xushdan ketganda birinchi yordam Hushdan ketish deganda bosh miya tomirlarining qiska muddatli spazmi natijasida yuz
beradigan hushning kisqa muddatga yo`qolishi tushuniladi. To`satdan xushdan ketishda teri va
shillik pardalarning keskits okarishi, nafas olishning qiyinlashishi (sekiilashishi), tomir
urishining sustlashishi kuzatiladi.
Birinchi navbatda xushdan ketish sababini bartaraf qilish lozim. SHikastlangan kishi
boshini pastga, osklarini esa balandroq qilib yotkiziladi. Bemorga novshadil spirt xidlatiladi.
Ogir xollarda sun`iy nafas oldiriladi. Novshadil spirt o`rniga ovqatga ko`shiladigan sirka yoki
kesilgan piyozni xidlatish xam mumkin.
4. Sun`iy nafas berish va yurakni uqalash YUqorida keltirilgandk, jaroxatlanishlar asoratida inson orgaiizmi eng og’ir ahvolga
tushib qolishi mumkin. Bunday xolatlarda nafasining va ba`zan yurak faoliyatining ham
to`xtashi kuzatiladi, lekin hayot xali so`nmagan va xayot faoliyatini to`la tiklash imkoniyati
bo`ladi. Biroz muddatdan keyin (5-6 minut) klinik o`lim biologik o`limga o`tishi mumkin. Ana
shu muddatda shikastlangan kishiga zudlik bilan yordam berish (tiriltirish) shu ishni amalga
oshiruvchi odamdan tajriba, tez va puxta ishlashni talab qiladigan murakkab va hal qiluvchi
jarayondir. Birinchi navbatda bu jarayonda nafas va yurakning to`xtagan yoki to`xtamaganligi
anikdanadi. So`ngra nafas oldirish va yurak faoliyatini tiklash ishlari amalga oshiriladi.
Nafasning tuxtashi. Nafas tovush boylamlarining spazmi, nafas yo`llariga begona
narsalarning tiqilib kolishi, tilning xalqumga kelib qolishi va shu kabilar oqibatida o`pkaga
havo tushishi qiyinlashuvidan ruy bsradi.
Nafas olishi to`xtagan odamni dastlabki 5 daqiqa davomidagina xayotga kaytarish
mumkin.
Nafas oldirish usuli bemor bo`lgan sharoitlar va nafas olishning to`xtash sababiga ko`ra
tanlanadi.
Sil’vester usuli. Bemor chalqancha yotkiziladi. Bemorning bilak kafti ustidan
ushlanib, kuch bilan yukoriga ko`tariladi, so`ngra ko`llarni kukrak kafasiga zushiriladi va u
kattiq bosiladi. Minutga 14-15 marta shunday harakat qilinadi.
SHoller usuli. Qovurga yonlarini qo`llar bilan yon tomonga cho`ziladi, so`ngra
qisiladi.
Ogizdan og’izga yoki og’izdan burunga havo puflash usuli sun`iy nafas oldirishning
eng ta`sirchan oddiy usullaridan hisoblanadi.
Sun`iy nafas "og’izdan og’izga" yoki "og’izdan burunga" berilishi mumkin. Bu
usullar boshka usullarga nisbatan samarali usul hisoblanadi. Unda jarohatlangan shaxsning
o`pkasiga boshqa usullarga nisbatan 4 barobar ko`p xavo yuboriladi.
Sun`iy nafas berishdan oldin jaroxatlangan shaxs elka tomoni bilan yotqizilishi,
undagi siqib turgai kiyimlar, galstuk, sharf va shu kabilar echilishi, og’iz ko`piklardan
tozalanishi kerak. Agar og’iz kattiq yopik bo`lsa (tishlashib qolgan bo`lsa), ikkala ko`lning
to`rt barmogini jaroxatlangan shaxsning boshi orkasiga qo`yib, ikkala bosh barmok bilan
og’zini ochish kerak. Keyin chukur nafas olib, og’izni og’izga ko`yib, jaroqatlangan
shaxsning burnini kisib kuchli havo puflash kerak. Xavo puflashda marli
g
rumolcha yoki
maxsus nafas olish trubkasidan foydalanish mumkin. Sun`iy nafas berish chastotasi minutiga
10-12 marta bo`lishi kerak.
YUrak faoliyatining to`xtatishi. YUrak faoliyatining to`xtashiga yo`l qo`ymaslik
uchun sun`iy nafas oldirish bilan birga yurakni bevosita yopiq ukalanishi zarur.