Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 1.Guruhiy qutublanish haqida nimalrni bilib oldingiz?
2. Guruhiy fikr shakllanishi va guruhda qaror qabul qilishga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillar haqida fikringizni bildiring?
3. Guruhiy kelishmovchiliklar va qaror qabul qilish mexanizmi nima?
ADABIYOTLAR Ismoilova N., Abdullaeva D. Ijtimoiy psixologiya. T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati – 2013
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. T. “Fan va texnologiya” – 2010
Karimova V. Ijtimoiy psixologiya asoslari. Toshkent, 2007
Karimova V. Ijtimoiy psixologiya va amaliyot. Toshkent, 2009
Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi. T. “Turon-Iqbol” - 2006
Носачев Г.Н. Психология и этика общения. M. - “МОДЕЖ” - 2003
Toshimov R.Yu. Zamonaviy individual va guruhiy psixologiya. T. “ToshDU” – 1999
Elektron ta’lim resurslari 1. www. TDPU. O’z
2. www. Pedagog. O’z
3. www. Ziyonet. O’z
4. www. Edu. O’z
5. tdpu-INTRANET. Ped
6. www. Nutq. Intal. O’z
7- MAVZU: Kichik guruhning psixologik jamoa sifatida rivojlanishi Reja 1.IPda kichik guruhlar muammosining mazmunini yoritish. 2.Kichik guruhlarning klassifikatsiyasini tushuntirish.
3.Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar
1.IPda kichik guruhlar muammosining mazmunini yoritish. Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan ob’ektlardandir. Bu an’ana Amerikada asrimiz boshida o‘tkazilgan ko‘plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo‘lib, ularda olimlar oldiga qo‘yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo‘lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi kabi savollarga aniq ilmiy asoslangan javob topish zaruratidir. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o‘zaro hamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo‘lganligi faktining (koaksiya) ta’siri o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo‘lgan individ faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bunday ma’lumotlar amerikalik N.Triplett, nemis olimi A.Mayyor, rus olimi V.M.Bexterev, yana bir nemis olimi V.Myode va boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi. Bu psixologik hodisa ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy fatsilitatsiyanomini oldi, uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning yonida bo‘lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo‘lib, bu ta’sir avvalo sensor kuchayishlar hamda ish-harakatlarning, fikrlashlarning tezligida namoyon bo‘ladi. Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatildi, ya’ni, boshqalar ta’sirida individ reaksiyalaridagi tormozlanish faoliyatining susayishi holatlari kuzatildi. Bu xodisa fanda ingibitsiya nomini oldi. Lekin olingan faktlarning qandayligidan qat’i nazar, olimlar uchun kichik guruhlar asosiy tadqiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular natijasida qator qonuniyatlar ochildi.