Nazorat savolari:
1. Ma’lumotlarni almashish jarayonlari nima?
2. Ma’lumotlarni almashitirish apparat ta’minoti nima?
3. Shlyuzlar tushunchasi nima?
6-Mavzu: Kompyuter tarmog’ining arxitekturasi, topologiyasi, tarmoq sistemasining modeli
Dars maqsadi: Talabalarda kompyuter tarmog’ining arxitekturasi, topologiyasi, tarmoq sistemasining modeliga doir tushunchalarni hosil qilish.
Reja:
1. Kompyuter tarmog’ining arxitekturasi haqida ma’lumot bering?
2. Kompyuter tarmog’ining topologiyasi haqida ma’lumot bering?
3. Kompyuter tarmog’ining tarmoq sistemasining modeli haqida ma’lumot bering?
Komp’yuter tarmoqlari-kommunikatsion qism tizimlari yordamida yagona tizimga birlashtirilgan ғujlangan komp’yuter tizimlari tŏplamidir. Ғujlangan komp’yuter tizimlariga alohida EHMlar hamda lokal komp’yuter tarmoqlari (LKT) kirishi mumkin. Hozirda amalda tarkibida EHM bŏlgan intelektual’ abonent nuqtalari ishlatiladi va, demak, komp’yuter tarmoqlarining eng kichik strukturaviy qismi EHM desak xato bŏlmaydi. (1 - rasm).
Kommunikatsion qism tizim quyidagilarni ŏz ichiga oladi:
kommunikatsion modullar(KM);
aloqa kanallari;
kontsentratorlar;
tarmoqlararo shlyuzlar (kŏpriklar).
Kommunikatsion modullarning asosiy vazifasi olingan paketni boshqa kommunikatsion modulga yoki abonent nuqtasiga ma’lum marshrut bŏyicha uzatishdir. Kommunikatsion modul’ paketlarni kommutatsiyalovchi markaz deb ham yuritiladi.
Aloqa kanallari tarmoq elementlarini yagona tarmoqqa birlashtiradi.
Kontsentratorlar axborotni tezligi katta bŏlgan kanallar orqali uzatilishidan avval zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
Tarmoqlararo shlyuzlar va kŏpriklar tarmoqni lokal’ komp’yuter tarmoqlari bilan ulashga yoki global’ tarmoq segmentlarini birlashtirishga xizmat qiladi. Kŏpriklar yordamida tarmoq protkollari bir xil bŏlgan tarmoq segmentlari birlashtiriladi. Har qanday tarmoqda quyidagi qism tizimlarini ajratish mumkin:
foydalanuvchi qism tizimi;
boshqarish qism tizimi;
kommunikatsion qism tizimi;
Dostları ilə paylaş: |