Foydalanuvchi yoki abonent qism tizimi foydalanuvchilarning (abonentlarning) komp’yuter tizimlarini ŏz ichiga oladi va foydalanuvchilarning axborotni saqlash, ishlash va olishdagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
1- rasm. Komp’yuter tarmoғi fragmenti.
Boshqarish qism tizimsi komp’yuter tarmoqlarining barcha elementlarini ularning ŏzaro aloqasi yagona qoida bŏyicha amalga oshiriluvchi yagona tizimga birlashtirishga xizmat qiladi. Bu qism tizim butun tarmoq ishlashi uchun optimal’ sharoit yaratish maqsadida xizmatchi axborotni yiғish, taxlil qilish va elementlarga ta’sir etish yŏli bilan tizim elementlarining ŏzaro aloqasini ta’minlaydi.
Kommunikatsion qism tizimsi foydalanuvchilar manfaatlari va tarmoqni boshqarish uchun tarmoqda axborotni uzatishga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, tarmoqning ishlashini uzoqlashtirilgan jarayonlarni kommunikatsion qism tizim orqali ŏzaro aloqasi kabi tasavvur etish mumkin. Uzoqlashtirilgan jarayonlarning ŏzaro aloqasi deganda fayllarni almashish, elektron pochta orqali axborotlarni uzatish, programmani bajarishga buyurtma yuborish va natijani olish, ma’lumotlar bazasiga murojaat va h. tushuniladi.
NAZORAT SAVOLLARI Tarmoq qanday qism sistemalariga ajratiladi.?
Kommunikatsion qism sistemasining tarkibi.
Tarmoqda informatsiyani himoyalash sistemasini yaratishda nimalarni hisobga olish zarur?
Foydalanuvchi qism sistemasida informatsiya himoyasini ta’minlash qanday amalga oshiriladi?
7-Mavzu: Kompyuter tarmog’ining protokollari
Dars maqsadi: Talabalarda kompyuter tarmog’ining protokollariga doir tushunchalarni hosil qilish.
Reja:
1. Tarmoq protokolari 2. File Tgapsfer Protocol (FTP) — fayllarni uzatish bayonnomasi (protokolari).