1- mavzu: Kompyuter kommunikasiyalari: kommunikasion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish muhiti



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə9/29
tarix16.08.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#139599
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
35549 kt MARUZA

Koncentratorlar bir nechta past tezlikli aloqa kanallaridan keladigan qiymatlar oqimini kamroq miqdordagi tezkorroq aloqa kanallariga asinxron vaqtinchalik zichlashtirish usuli bilan qayta ulashni amalga oshiradi.
Uzoqlashtirilgan multipleksorlar uzoqlashtirilmagan multipleksorlar bajaradigan vazifalardan tashqari, bir nechta past tezlikli aloqa kanallarining ma’lumotlar oqimini bitta tezkorroq, chastotali yoki vaqt bo’yicha (bunisi ko’proq) zichlashtirish usullari bilan birlashtirishni amalga oshiradi.
Tarmoqlarni o’zaro bir-biri bilan ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatida takrorlagichlar, ko’priklar, marshrutizatorlar va shlyuzlar ishlatiladi. Bu qurilmalar katta ofislarda lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirish uchun aktiv qo’llanganligi uchun ular keyingi paragrafda batafsilroq ko’rib chiqiladi.

Nazorat savolari:





  1. Uzoqlashtirilgan multipleksorlar nima?

  2. Kanallarni kommutaciyalash haqida ma’lumot bering?;

  3. Axborotlarni kommutaciyalash haqida ma’lumot bering?

  4. Paketlarni kommutaciyalash haqida ma’lumot bering?



4-Mavzu: Kompyuterlarning tarmoq tushunchasi, turlari va ularning ko’rinishlaridan local, mintaqaviy va global tarmoqlarning xususiyatlari




Dars maqsadi: Talabalarga kompyuterlarning tarmoq tushunchasi, turlari va ularning ko’rinishlaridan global, mintaqaviy, lokal tarmoqlarning xususiyatlari to’g’risida bilim berish.


REJA:
1. Kompyuterlarning tarmoq tushunchasi.
2. Global tarmoqlarning xususiyatlari.
3. Mintaqaviy tarmoqlarning xususiyatlari.
4. Lokal tarmoqlarning xususiyatlari.

Axborot hisoblash tarmoqlar qamrab oladigan hududga bog’liq ravishda lokal (LXT yoki LAN-Local Area Network), hududiy (XXT yoki MAN-Metropolitian Area Network) va global (GXT yoki Wan-Wide Area Network) bo’lishi mumkin.


Agar tarmoqning abonentlari bir-biridan uncha katta bo’lmagan masofalarda (10—15 km gacha) joylashgan bo’lsa, u holda bu tarmoq lokal tarmoq deb ataladi. LXT uncha katta bo’lmagan hudud oralig’ida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmog’i abonentlarining hududiy sochilib ketishiga aniq bir cheklanishlar mavjud emas. Odatda bunday tarmoq aniq bir ob’ektga bog’langan bo’ladi. LXT sinfiga alohida korxonalar, firmalar, banklar, ofislarning va x.k. tarmoqlari misol bo’la oladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin