Dars maqsadi: Talabalarda kompyuter to’rlari va ularning turlariga doir tushunchalarni hosil qilish.
Reja:
1. Kompyuter to’rlari
2. Kompyuter to’rlari turlari
Telekommunikatsiyali qism tarmoq -tarmoqning ishchi stanciyalarini va serverlarni bir-biri bilan boglovchi hisoblash tarmog’ining yadrosi hisoblanadi. Kommunikatsiyali qism tarmoqning bo’g’inlari (bu holatda — kommutaciya uzellari) yuqori o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lgan magistralli aloqa kanallari bilan bog’langandir. Katta tarmoqlarda kommunikatsiyali qism tarmoqni ko’pincha ma’lumotlarni uzatish tarmog’i deb atashadi.
tarmoqning kommutaciya uzeli,
tarmoqning ishchi stanciyasi,
tarmoqlararo interfeys,
— tarmoqning serveri,
— magistral aloqa kanali,
— abonentlik aloqa kanali.
Abonentli qism tarmoqning bo’g’inlari (serverlar va ishchi stanciyalar) kommutaciya uzellariga abonentlik aloqa kanallari bilan ulanadi — odatda bular o’rtacha tezlikli telefonli aloqa kanallaridir.
Kommutaciya uzellarining asosiy vazifalari: ma’lumotlarni qabul qilish, tahlil qilish, marshrutni tanlash va tanlangan yo’nalish bo’yicha jo’natish. Umumiy holda kommutaciya uzellari o’z ichiga tarmoqlararo interfeysni ham oladi.
Kommutaciya qurilmalari Hisoblash tarmoqlarining kommutaciya uzellari kommutaciya qurilmalarini (kommutatorlarni) o’z ichiga oladi (agar ular ierarxik tarmoqli adreslar asosida kommutaciyani bajarsa, ularni marshrutizatorlar deb ataladi).
Kommutaciya qurilmalari hisoblash tarmoqlaridagi ma’lumotlarni uzatish tizimlarida muhim o’rin egallaydi. Kommutaciya qurilmalari yordamida bir nechta o’zaro harakatlanuvchi abonentli tarmoqlarda aloqa kanallarining uzunligi sezilarli qisqaradi: bitta abonentdan boshqa barcha abonentlarga bir nechta aloqa kanallari o’tkazgandan ko’ra, faqat har bir abonentdan umumiy kommutacion uzelga bitta kanal bo’yicha O’tkazish mumkin. Shuning uchun, agar hisoblash tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatishning tezkorligiga va ishonchliligiga o’ta qattiq talablar qo’yilmasa, kommutaciyalanadigan aloqa kanallari ishlatiladi.
Kommutaciya uzellari ma’lumotlarni uzatishda uchta mumkin bo’lgan turlardan bittasini amalga oshiradi:
• kanallarni kommutaciyalash;
• axborotlarni kommutaciyalash;
• paketlarni kommutaciyalash.