1- mavzu: Kompyuter kommunikasiyalari: kommunikasion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish muhiti



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə8/29
tarix16.08.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#139599
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
35549 kt MARUZA

Kanallarni kommutaciyalash. Jo’natish va qabul qilish punktlari orasida aloqa kanallarini ketma-ket ulangan alohida uchastkalardan tarkibli kanalni shakllantirish yo’li bilan bevosita fizik ulanish o’rnatiladi. Bunday mufassal fizik tarkibli kanal aloqa seansini boshlanishida tashkil etiladi, butun seans davonida qo’llanadi va uzatish tugagandan keyin uzib qo’yiladi. Hosil bo’lgan kanalga begona abonentlar murojaat qila olmaydilar. Fizik kanalni hosil qiluvchi qism kanallarni o’zaro ishlaydigan abonentlarning monopollashtirishi (yakka egalik qilishi) axborotlarni uzatish tarmog’ining umumiy o’tkazish qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Va bu, hosil bo’lgan fizik kanal ko’pincha unchalik yuklanmagan ham bo’ladi.
Axborotlarni kommutaciyalash. Ma’lumotlar turli uzunlikdagi diskret porciyalar (axborotlar) ko’rinishda uzatiladi, shu bilan birga yuboruvchi va qabul qiluvchi orasida mufassal fizik kanal o’rnatilmaydi va kommutacion tizimning resurslari oldindan taqsimlanmaydi. Yuboruvchi faqat oluvchining adresini ko’rsatadi. Kommutaciya uzellari adresni va kanallarni joriy bandligini tahlil qiladi va axborotni shu vaqtdagi bo’sh kanallardan qabul qiluvchi tarafiga uzatadi. Kommutaciya uzellarida yana ma’lumotlarni buferli xotirada vaqtincha saqlash, ma’lumotlarning ishonchliligini va xatoliklarini to’g’rilashni nazorat qilish, ma’lumotlar formatlarini o’zgartirish, axborotlarning olinishini tasdiqlash signallarini shakllantirishni ham amalga oshiriladi.
Paketlarni kommutaciyalash. Zamonaviy tizimlarda uzatish tezkorligini, ishonchligini oshirish va kommutaciya uzellarining eslab qolish qurilmalarining sig’imini kamaytirish uchun uzun axborotlar paketlar deb ataladigan bir nechta qisqaroq standart uzunliklarga bo’linadi (ba’zida juda qisqa axborotlar, aksincha, birgalikda paketga birlashtiriladi). Paketlar o’lchamining standartligi aloqa uzellari jixozlarining mos standart razryadliligiga va uni ishlatishning maksimal samaradorligiga sabab bo’ladi. Paketlar oluvchiga hatto turli yo’llar bilan borishi mumkin va bevosita abonentga berilishidan oldin tugallangan axborotlarni shakllantirish uchun birlashtiriladi (bo’linadi). Kommutaciyaning bu turi tarmoqning eng katta o’tkazish qobiliyatini va ma’lumotlarni uzatishda eng past ushlanib qolishni ta’minlaydi.
Paketlarni kommutaciyalashning kamchiligi haqiqiy vaqt oralig’ida ishlovchi tizimlar uchun uni ishlatishning qiyinligi, ba’zida esa imkoni yo’qligidir.
Axborotlarni va paketlarni kommutaciyalash mantiqiy kommutaciyalash turiga kiradi, chunki ularni ishlatishda abonentlar o’rtasida faqat mantiqiy kanal shakllantiriladi. Mantiqiy kommutaciyalashda abonentlarning o’zaro ishi eslab qoluvchi qurilma orqali bajariladi, unga mazkur uzel xizmat ko’rsatadigan barcha abonentlardan axborotlar keladi. Har bir axborot oluvchini aniqlaydigan adresli qismga ega; adresga mos ravishda keyingi marshrut tanlanadi va kommutaciya uzelining eslab qoluvchi qurilmasidan axborot uzatiladi.
Paketlarni mantiqiy kommutaciyalashni ishlatadigan uzatish usuli ko’pincha kommutaciya markazida maxsus bog’lovchi mini-yoki mikro-EHM bo’lishini talab qiladi, bu EHM lar axborotlarni qabul qilish, saqlash, tahlil qilish, bo’lib chiqish, sintezlash, marshrutni tanlash va oluvchiga yuborishni amalga oshiradi.
Kommutaciya uzellarida yana koncentratorlar va uzoqlashgan multipleksorlar ishlatilishi mumkin. Ularning asosiy vazifasi last tezlikli aloqa kanallaridan abonentlarga kelayotgan kirish ma’lumotlar oqimini bir yoki bir nechta tezkorroq aloqa kanallariga birlashtirish va zichlashtirishdir va aksincha.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin