1-§ Tiflopedagogika fanining mavzu bahsi va vazifalari


-§ Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalar faoliyati



Yüklə 63,8 Kb.
səhifə5/31
tarix29.12.2021
ölçüsü63,8 Kb.
#48260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
4-§ Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalar faoliyati

Maxsus muassasalar hozirgi zamon komsepsiyasida nogiron jumladan ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim tizimiga ma’lum o‘zgarishlar kiritilgan va ularni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Zamonaviy maxsus ta’lim standartlariga asosan fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlar tuzilib chop etilmoqda. Ularga mos ravishda mashg‘ulotlik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.




Maktabgacha tarbiya.

Maktabgacha tarbiya tizimi davlat, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, muhim ijtimoiy masalalarni hal qiladi: ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni har tomonlama kamol tptirish; ko‘r va zaif ko‘ruvchilar nuqsonli rivojlanishini oldini olish; korreksiyalash va ularning sog‘ligini himoyalash va mustahkamlash; Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va maxsus ta’lim berishda oilaga ko‘maklashish maqsadida maxsus va oilaviy M.T.M. qoshida ochilgan maktabgacha tarbiya muassasalari tashkil etilgan. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga maxsus M.T.M larda maqsadli ta’lim va tarbiya berish jarayonida ularga normal psixik rivojlanishni ta’minlash, ilk bolalik davridagi noto‘g‘ri tarbiya natijasida yuzaga keladigan ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalash, kompensasiyalash mumkin.O‘zbekiston Respublikasida ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ta’lim muassasalar O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2010 yil 18iyundagi 117-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.Qarorga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalarda ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar-ko‘zi ojizlar,ambliopiya va g‘ilaylik,zaif ko‘ruvchilar ta’lim tarbiya olishlari mo‘ljallangan.Ta’lim muassasalarga 2-3 yoshdan,har bir guruhga 6-8nafardan qabul qilinishi mo‘ljallangan.

Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun bog‘chalar faoliyatida 4 asosiy vazifani belgilash mumkin. Ularning bajarilishi va faqat bolalarning umumta’lim dasturlarini o‘zlashtirishga imkoniyatlarini, balki rivojlanishdagi ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalash va kompensasiyalashni ta’minlaydi.

  1. Qisman ko‘radigan va zaif bolalarda saqlangan ko‘rish funksiyalarini rivojlantirish, ambliopiya va g‘ilay bolalarni ularni normagacha tibbiy va pedagogik vositalar bilan tiklash.


  2. Bolalarning rivojlanishi o‘quv dasturni o‘zlashtirish uchun ularning psixik – jismoniy rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda qulay sharoitlar yaratish.


  3. Bola hayotining dastlabki oy yillaridagi noto‘g‘ri tarbiya natijasida yuzaga keladigan ikkilamchi nuqsonlarni korreksiyalash


  4. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim, o‘yin, mehnat, faoliyati kompensator usullarini shakllantirish.




Maxsus vazifalarni hal etishda har bir mutaxassis vrach oftolmolog, tiflopedagog, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bog‘chasi tarbiyachisining roli garchi o‘zaro bog‘liq va o‘zaro bog‘langan bo‘lsada, ular ko‘p qirralidir.


Yüklə 63,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin