1-§ Tiflopedagogika fanining mavzu bahsi va vazifalari


-§ Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarini tarbiyalashda oilaning roli



Yüklə 63,8 Kb.
səhifə29/31
tarix29.12.2021
ölçüsü63,8 Kb.
#48260
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
7-§ Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarini tarbiyalashda oilaning roli

Oila – nikoh bitimi asosida yuzaga keladigan jamiyat a’zolarining o‘zaro qarindoshlik va iqtisodiyot munosabatlari bilan bog‘langan, birga yashaydigan va bir-biri uchun ma’naviy javobgar bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotdir. Butun insoniyat tarixi jarayonida oila jamiyatning xo‘jalik iqtisodiy asosi bo‘lib kelgan va bolalarni jamiyatdagi muayyan o‘rinlariga tayyorlash maqsadida xizmat qilgan.

Oila erkak va ayol o‘rtasidagi yangi nikoh munosabatlari, o‘zaro muxabbat xissiyoti, o‘zaro xurmat va ishonch, ittifoq, mod-diy manfaatdorlik sarhatlaridan xoli, o‘z bolalarininng tar-biyasi uchun jamiyat oldida ma’naviy hamda huquqiy jihatdan javobgarlik asosida tarkib topadi. Oilaviy hayotdagi mehnat uslubi bolalarga ijobiy tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Oila xo‘jaligini yuritishda qo‘lidan kelganicha qatnashish ularda o‘z qadr-qimmatini va oila iftixori xissiyotini tarbiyalaydi, o‘zaro turmushda, xo‘jalik yuritishda tejamkorlikka odatlantiradi.

Oilada ota-onalarning holati bolalar holatidan ota-onalar oilaga rahbarlik qilishi, bolalar esa unda tarbiyalanishi bilan farq qiladi. Ota-onalar bolalarga g‘amxo‘rlik qilishlari, ammo shu bilan birga ular bolalarni shunday tarbiyalash kerakki, bolalar (zaruriyat tug‘ilganda) o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik qilsinlar, ularda mustahkam insoniy xissiyotlar, yordamga muhtoj bo‘lganlarga yordam berishga tayyorgarlik xislari shakllangan bo‘lsin. Ota-onalar bola shaxsi va huquqlarini oilaviy jamoa a’zosi sifatida xurmat qilishlari, ular oiladagi nazoratdan tashqari xo‘jayinlar emasliklarini, kata yoshdagilar esa tarbiya uchun javobgar shaxslar ekanligini tushunishlari kerak. Oilaning tarbiyaviy o‘rni ham bolalarga oilaning barcha a’zolari xatti xarakatlariga o‘zaro ta’sir ko‘rsatish, ularda turmush tarzi ideallariga javob beruvchi xissiyot, ehtiyoj, qiziqishlari majmuasini, o‘ziga xos tabiatini shakllantirishdadir.




Yüklə 63,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin