3-§. Inventarizatsiya o‘tkazish ishlarini rejalashtirish
Тovar va moddiy boyliklarning to‘liqligini ta’minlashda inventarizatsiya ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli qilib o‘tkazish alohida ahamiyatlidir. Buning uchun inventarizatsiya o‘tkazish ishlarini tartibga solish, rejalashtirish talab qilinadi.
Korxona bosh hisobchisi har bir hisobot yili uchun yillik inventarizatsiya o‘tkazish rejasini tuzib chiqadi. Reja bevosita korxona rahbari tomonidan tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi.
Reja tuzishda birinchi navbatda oldingi o‘tkazilgan inventarizatsiya davri, natijalari bosh hisobchi tomonidan o‘rganilib chiqiladi, chunki o‘tkazilgan inventarizatsiyalarning sifatli natijalarini aniqlash to‘liq bosh hisobchi zimmasiga yuklangandir.
Inventarizatsiya o‘tkazish rejasida har bir moddiy javobgar shaxs faoliyati o‘z ifodasini topishi kerak. Reja tasdiqlangandan keyin u faqat bosh hisobchida saqlanadi va boshqa xodimlardan sir tutiladi. Inventarizatsiya o‘tkaziladigan obyektning muddati kelganda bosh hisobchi bu to‘g‘rida tashkilot rahbariga axborot berib, inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida farmoyish tayyorlaydi.
Inventarizatsiya o‘tkazish ishlarini rejalashtirish, ish faoliyatining samaradorligini oshirishga yordam beradi, tovar va moddiy qiymatliklar holati bo‘yicha hisobotlarning belgilangan muddatlarda topshirilishini ta’minlaydi.
Inventarizatsiya o‘tkazish rejasining bajarilishi ustidan nazorat bosh hisobchi zimmasiga yuklatilgandir.
Inventarizatsiya o‘tkazish rejasida buxgalteriya hisobi, hisoboti va balans muddatlarining to‘g‘riligini ta’minlash maqsadida yillik inventarizatsiya o‘tkazish ishlari ham o‘z ifodasini topadi.
Inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida tuzilgan yillik rejada oldingi o‘tkazilgan inventarizatsiya davri, hisobot yilida o‘tkaziladigan inventarizatsiya muddati, komissiya a’zolarining ismi, familiyasi ko‘rsatiladi. Тashkilot bo‘yicha yillik inventarizatsiya o‘tkazish rejasining tuzilishi quyidagicha:
„Тasdiqlayman“ (rahbar) _________
„Shohrux“ savdo-ishlab chiqarish hissadorlik jamiyatining 20___ yilda inventarizatsiya o‘tkazish rejasi
№
Inventarizatsiya
otkaziladi-
gan do‘kon, ombor
Inventariza tsiya qilinadigan tovar-
moddiy boyliklar nomi
Komissiya a’zolari
O‘tkaziladigan
kun, oy, sana
rais komissiya a’zolari
1
2 3
1-sonli ombor Supermarket do‘koni
Boshqa obyektlar
Tovarlar, idish va inventarlar
Isoqov X. , Yunusov M . Tovarshunos Turdiyev S.,
Karimov A.
Akramov U., Isoqov X.
Texnolog Umarov Y.
Soliyev I.
4.02 soat 10
15.02 soat 14
Bosh hisobchi (imzo)
Yillik inventarizatsiya o‘tkazish rejasini tuzishda har bir tarmoq uchun belgilangan muddatlari ko‘rsatiladi. Misol uchun, asosiy vositalarning inventarizatsiyasi hisobot yilining oktabr oyida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lsa, rejada oktabr oyiga belgilanadi.
Rejada ko‘rsatilgan bo‘limlar bo‘yicha inventarizatsiya o‘tkazishning nazorati korxona bosh hisobchisi zimmasiga yuklatiladi.
Korxona va tashkilotlarda rejada ko‘rsatilmagan hollarda ham inventarizatsiya o‘tkazilishi mumkin. Bunday inventarizatsiyalar bevosita korxona rahbari, bosh hisobchisi tomonidan tanlab olingan holda o‘tkazilishi mumkin. Ko‘p hollarda bunday inventarizatsiyalar sud-tergov organlarining talablariga asosan o‘tkaziladi. Bunday o‘tkazilgan inventarizatsiyalar natijalarini aniqlash amaldagi Qonunlarga asosan sud-tergov materiallarini to‘ldirishga qaratilgandir.
Respublika miqyosida amalga oshirilgan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, mulkdorlar sinfini shakllantirish inventarizatsiya o‘tkazish ishlarida auditorlar xizmatidan foydalanishga keng yo‘l ochib berdi.