1-§. Xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 411,13 Kb.
səhifə26/50
tarix28.12.2023
ölçüsü411,13 Kb.
#201041
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
Buxgalteriya lit-hozir.org

ТEST SAVOLLARI

  1. Hujjatlarga qo‘yilgan talablar nima deb ataladi?
    1. yo‘riqnoma; B) balans; C) schot; D) rekvizit;


E) buyruq.




  1. Farmoyish beruvchi hujjatlarga qaysi hujjatlar kiradi?
    1. talabnoma; B) yo‘riqnoma;


C) schot faktura; D ) buyruq;


E) registr.



  1. Hujjatlarga nechta talab qo‘yiladi?
    1. 2; B) 5; C) 3; D ) 6; E) 4.




  2. Buxgalteriya hujjatlari nusxasi kim tomonidan tasdiqlanadi?
    1. sud tomonidan;


    2. bosh buxgalter tomonidan;


    3. omborchi tomonidan;


    4. moliya vazirligi tomonidan;


    5. bojxona tomonidan.




  3. Buxgalteriya hujjatlarida xatoliklarni tuzatish mumkinmi?
    1. mumkin emas; B) direktor tuzatadi;


C) mumkin; D ) sud;


E) arbitraj.

10 — Buxgalteriya hisobi nazariyasi


VIII BOB. XO‘JALIK MABLAG‘LARINI



YO‘QLAM A (INVENТARIZATS IYA)
QILISH


1-§. Inventarizatsiya to‘g‘risida tushuncha. Inventarizatsiyaning turlari
Korxona va tashkilotlar mulk shaklidan qat’i nazar, tegishli asosiy va aylanma mablag‘lariga ega bo‘lib, bu mablag‘lar xo‘jalik faoliyati davomida o‘z qiymatining miqdorini o‘zgartirib boradi. Asosiy va aylanma mablag‘lar, ya’ni korxona va tashkilotlarning mulki tegishli moddiy javobgar shaxslar zimmasida bo‘lib, har bir moddiy javobgar shaxs o‘z zimmasidagi tovar va moddiy boyliklar holati bo‘yicha buxgalteriyaga hisobot beradi. Moddiy javobgar shaxslarning tovar hisobotida mablag‘larning hisobot davridagi kirim-chiqim va oxirgi qoldig‘i hisobkitob qilinadi.
Mablag‘larning harakatini hamda ularni o‘z vaqtida kirim qilishni nazariy hal qilish ikki tomonlama olib boriladi. Birinchisi, buxgalteriya hisobidagi mablag‘lar bo‘lsa, ikkinchisi moddiy javobgar shaxslarning hisobotidir.
Mablag‘larning harakatini hisobga olishda ularni kirim va chiqimini tartibga solishda hujjatlarga alohida ahamiyat berish talab qilinadi. Hujjatda tovar va moddiy boyliklarning xaridorlarga jo‘natilgan kuni, miqdori, bahosi, narxi ko‘rsatiladi. Hujjatlarga asosan tashkilot buxgalteriyasida mablag‘lari kirimga qabul qilinishi va sarflanishi nazorat qilinadi. Mablag‘larning harakati, ularning to‘liqligi ikki tomonlama nazorat qilinadi. Birinchi nazorat moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari yordamida amalga oshiriladi. Ikkinchi nazorat buxgalteriya yozuvlari yordamida olib boriladi. Har bir nazorat shaklida mablag‘lar harakatini tasdiqlovchi hujjatlar asos qilib olinadi. Hujjatlar yordamida mablag‘larning haqiqiy himoyasining har bir moddiy javobgar shaxs bo‘yicha to‘liqligini ta’minlash, nazoratni tashkil qilish maqsadida inventarizatsiya o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasida „Buxgalteriya hisobi va hisobotlar to‘g‘risida“gi N izomga asosan korxona va tashkilotlar inventarizatsiya o‘tkazish davrlarini mustaqil belgilaydilar.
Nizomga asosan korxonalar yillik hisobot tuzishdan oldin mablag‘lar to‘liqligini ta’minlash maqsadida inventarizatsiya o‘tkazadilar. Ularni quyidagi muddatlarda o‘tkazish tavsiya qilinadi:
— asosiy vositalarni hisobot yilining birinchi oktabrida;
— ombor va bazalardagi sanoat tovarlari bir yilda bir marta;
— ombor va bazalardagi oziq-ovqat tovarlari bir yilda ikki marta;
— arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar yiliga bir marta;
— pul mablag‘lari har oyda bir marta.
Yuqoridagi muddatlarda rejali inventarizatsiya o‘tkaziladi. Korxona bosh buxgalteri hisobot yili uchun yil boshida inventarizatsiya o‘tkazish rejasi korxona bosh buxgalteri tomonidan tuziladi va rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Тasdiqlangan reja asosida inventarizatsiya ishlari tashkil qilinadi.
Korxona va tashkilotlarda inventarizatsiya o‘tkazish quyidagi tamoyillardan kelib chiqqan holda olib boriladi.


Yüklə 411,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin