1-2-sinf matematika darslarida masala yechimini tekshirish asosi-fayllar.org
II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish
metodikasining umumiy masalalari
2.1. Matematik masalalar va ularning turlari
Matematik masalalar sodda va tarkibli masalalarga ajratiladi. Sodda
masalalar bitta amal bilan yechish mumkin bo’lgan masalalar jumlasiga kiritiladi.
Bir nechta sodda masaladan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amal
yordamida yechiladigan masalalar tarkibli masalalar deyiladi.
Har qanday sodda masalaga doir ikkita teskari masala tuzish mumkinki,
ularning har biriga o’sha syujet bo’yicha izlanayotgan son sifatida esa to’g’ri
masala shartida ma’lum bo’lgan son qatnashadi. Masalan: hovlida 5 ta qiz
o’ynayotgan edi. Ularning 2 tasi uyga ketdi. Hovlida nechta qiz qoldi? Masalaga 2
ta teskari masala tuzish mumkin. Birinchisi ,,Hovlida bir nechta qiz o’ynayotgan
edi. 2 ta qiz uyiga ketgandan so’ng, hovlida 3 ta qiz qoldi. Oldin hovlida nechta
qiz qoldi? 2- hovlida 5 qiz. Bir nechta qiz uyiga ketgandan so’ng hovlida 3 ta qiz
qoldi. Nechta qiz uyiga ketgan?’’ Bu masala berilgan 1-masalaga nisbatan,
shuningdek 2-masalaga nisbatan ham teskari masala sifatida qarash mumkin.
Bundan tashqari, sodda masalalar orasidan bilvosita ifodalangan masalalar
ajratiladi. Masalan quyidagi masala shunday masalalar jumlasiga kiradi. ,,Stol
ustida 7 ta qalam bor. Bular qutidagi qalamlardan 4 ta ortiq. Qutida nechta qalam
bor?’’ Bu masala shartida ,,ortiq’’ deyilgan masala esa ayirish bilan yechiladi.
(7 – 4 = 3).
Sodda masalalarning asosiy turlarini quyidagicha taqsimlash boshlang’ich
maktablarida qo’llanish uchun qulay:
1. Arifmetik amallar mazmunini ochishga doir masalalar : yig’indini qoldiqni
topishga doir masalalar, bir xil qo’shiluvchilar yig’indisini topishga doir masalalar,
bo’lishga (mazmuniga ko’ra bo’lishga vat eng qismlarga bo’lishga) doir masalalar.
2. Amalning noma’lum komponentlarini (qo’shiluvchi, kamayuvchi,
ayriluvchi, ko’paytuvchi, bo’linuvchi, bo’luvchi) topishga doir masalalar.
3. Bir necha birlik (yoki bir necha marta) ortiq (yoki kam) munosabati bilan
bog’liq masalalar sonni bir nechta birlik (yoki bir nechta marta) orttirish 9yoki
kamaytirishga doir bevosita (yoki bilvosita) ifodalangan masalalar, sonlarni
ayirmali (yoki karrali) taqqoslashga doir masalalar.
4. Kattaliklarning proportsional bog’lanishlariga doir masalalar.
Hamma turdagi sodda masalalar o’quvchi uchun quyidagi maqsadlarda kerak
bo’ladi: 1) Matematik masalalning strukturasi (tarkibi) bilan tanishish, ya’ni uning
sharti berilganlari savoli izlanayotgan miqdorlari bilan masalaning yechimi, savoli,
javobi, amal bilan shuningdek, va h.k. atamalari bilan (bular matematik
munosabatlarni ifodalaydi) tanishish.
2) Bolalarda masala savoliga javob berish uchun bajarish kerak bo’lgan amallarni
tanlashga ongli munosabatda bo’lishni tarbiyalash (masalalar, amallar
mazmunini ochishga yordam beradi).
3) Shatrga kirgan kattaliklar orasidagi elementar funksional munosabatlarni
birinchi marta ko’rish amallar komponentlar orasidagi bog’lanishlarni
tushuntirish.
4) Har xil matematik mashqlarni hayot bilan bog’lash bu bolalarni fanga bo’lgan
qiziqishlarni orttiradi, ko’nikmalarni egallash jarayonini jonlantiradi.
5) Sodda masala tekstini o’zgartirish ustida ishlash o’quvchiga ko’proq obstrakt
matematik tushunchalarni egallashga yordam beradi. Masalan, ushbu ,,Malika
7 ta daftar sotib oldi. Daftar 200 so`m turadi. Malika qancha pul to’lagan?’’
Masalaning turini, masalan, daftarning bahosi 200 so`m, 7 ta daftar qancha
turishini biling, kabi abstrakt tushunchalarni kiritish bilan o’zgartirish mumkin.
6) O’quvchini har xil tarkibli masalalar yechishga tayyorlash.
Bola ongiga matematika asoslarini joylash, uning bilim doirasini
kengaytirish va tartibga solish, iroda va talabchanlikni tarbiyalash.
Matеmatikani o’qitish sistеmasida sоdda masalalar juda muhim rоl o’ynaydi.
Sоdda masalalarni yеchish yordamida matеmatika bоshlang’ich kursining
markaziy tushunchalaridan biri - arifmеtik amallar haqidagi tushuncha va bоshqa
bir qatоr tushunchalar shakllanadi. Sоdda masalalarni yеcha оlish o’quvi
o’quvchilarning murakkab masalalarni yеchish o’quvini egallashlarida tayyorgarlik
bоsqichi bo’ladi, chunki murakkab. masalalarni yеchish qatоr sоdda masalalarni
yеchishga kеltiriladi. Sоdda masalalarni yеchayotganda masala bilan va uning
tarkibiy qismlari bilan birinchi bоr tanishiladi. Sоdda masalalarni yеchish
munоsabati bilan o’quvchilar masala ustida ishlashning asоsiy usullarini
egallaydilar. Shu sababli o’qituvchi har bir turdagi sоdda masalalar ustida qanday
ish оlib bоrishni bilishi juda muhimdir.
Dastlab, sоdda masalalarning klassifikatsiyasini qarab chiqamiz.