1-9 Adabiyot 9-sinf


Ko`rildi: MO`IBDO`: Norova N



Yüklə 249,9 Kb.
səhifə113/137
tarix14.05.2023
ölçüsü249,9 Kb.
#113414
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   137
9 sinf adabiyot fanidan konspekt-1

Ko`rildi:
MO`IBDO`: Norova N



4-88 Adabiyot 9-sinf Sana:
Darsning mavzusi:Haynrix Hayne hayoti va ijodi
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- o’quvchilarga Haynrix Hayne hayoti va ijodi,uning jahon adabiyotida tutgan o’rni haqida bilim va ma’lumotlar berish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda jahon adabiyotiga bo’lgan qiziqisni tarbiyalash,insoniy tuyg’ularni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish,badiiy adabiyotga va kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;
Darsning turi:noan’anaviy;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,ma’lumot berish;
Darsning jihozi:darslik,Haynrix Hayne siymosi, asarlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Vilyam Shekspir hayoti va ijodi yuzasidan olgan bilimlarni sinash;
2.Vilyam Shekspirning “Otello”asari asosida bahs-munozara.Asar qahramonlariga tavsif va asardan olgan xulosalar;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Siz jahon she’riyatida o’z o’rniga ega,jahon tan olgan ,she’riyat tarqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan qaysi shoirlarni bilasiz? Ularning she’rlaridan yod ayta olasizmi?
II.Haynrix Hayne nemis adabiyotining yirik vakili,samimiy ko‘ngil she’riyatida siyosiy hajviy tanqidni ustalik bilan qo‘sha olgan haqgo‘y shoir.U 1797-yil 13-dekabrda Olmoniyaning Dyusseldorf shahrida savdogar yahudiy oilasida tug’ilgan.Uning shoir bo’lib yetishishida onasi Bettining xalq og’zaki ijodidan aytgan namunalari asos bo‘lgan.Otasi va onasi uning savdogar bo’lishini orzu qilar edi.Lekin u she’riyatga shaydo edi va she’rlar yozar edi.
Haynrix Hayne 1819-yildan Bonn,Hettingen,Berlin universitetlarida o’qiydi.Mashhur Gegeldan ma’ruzalar tinglab,bilimini oshiradi.U huquqshunoslik sohasida o’qigan bo‘lsa ham,bu sohada bir kun ham ishlamaydi.
1827-yil hamburg shahrida “Qo‘shiqlar kitobi”she’riy to‘plami nashr qilinadi.1830-yilda “Yo‘l lavhalari” kitobi nashr qilinadi.Bu kitob yo‘l ocherklaridan iborat.Haynening yo‘li o’sha davrdagi nemis hukmdorlariga yoqmasdi,shuning uchun 1830-yilda u Fransiyaga kelib,Parijfagi siyosiy va adabiy hayotga faol ishtirok etadi .Shoirning “Sileziya to’quvchilari” she’ri,”Germaniya.Qish ertagi” dostoni,”Qullar kemasi ”balladasi ijtimoiy yo‘nalishdagi she’rlari sanaladi.1832-yilda”Fransuz ishlari”asari,1842-yilda “Atta Troll”majoziy dostoni,1854-yilda “Lyutesiya”asari,1851-yil “Romansero”,1854-yil “E’tirof”she’riy to‘plamlarini yaratdi.U “Germaniya.Qish ertagi”kitobida :”Men Vatanni sizlardan kam sevmayman.Shu sevgim tufayli men o‘n uch yil quvg’inda bo‘ldim,ayni mana shu sevgim tufayli oh-voh qilmasdan,iztirobdan yuzimni bujmaytirmasdan ,yana , ehtimol , butun umrga quvg’in joyimga qaytmoqdaman”, - deb yozadi.Uni millatga mehrsizlikda ayblaydilar.Shoir 1856-yil 17-fevralda Parijda vafot etadi.Uning she’rlari Cho‘lpon,Oybek,Mirtemir,Abdulla Sher.Xayriddin Sulton kabi ijodkorlar tomonidan o’zbekchaga tarjima qilinadi.

Yüklə 249,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin