b)tarbiyaviy-o’quvchilarda jahon adabiyotiga bo’lgan qiziqisni tarbiyalash,Ch. Aytmatov ijodiga mehr-muhabbat hosil qilish;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish,badiiy adabiyotga va kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;
Darsning turi:noan’anaviy;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,ma’lumot berish;
Darsning jihozi:darslik, Ch. Aytmatov siymosi, asarlari;
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Ch. Aytmatov hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.”Asrga tatigulik kun ” romani haqida qanday bilim va tushunchalarga ega bo‘ldingiz?
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I” Asrga tatigulik kun”she’riy romani yuzasidan savollar: 1. “Asrga tatigulik kun” asari qanday janrda yozilgan?
2.Sobitjonning ota jasadini shu yerning o`ziga ko`mib qo`yaqolishga urinishi sababini izohlang. Uning marhum vasiyatiga beparvoligi nimadan deb o`ylaysiz?
3.Edilboy bilan Sobitjon suhbatini qayta o`qib, izohlang. Suhbatdoshlar ma’naviyatini baholang.
4.Ko`mish marosimida ayoli va bolalariningqatnashmayotganidan Sobitjon nega xijolat bo`lmayapti deb o`ylaysiz?
5.Edigeyning jasadini nima uchun ona Bayit mozorigaqo`yishga urunishning sababi nimada deb o`ylaysiz?
II.” Asrga tatigulik kun” romanidan parchalar o‘qib,g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Ch. Aytmatovning buyuk yozuvchiligi shundaki, u Bo`ronli Edigey taqdiri misolida siyosatdan tamomila chetda turuvchi, bunday muammolar hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim yiroqda umr kechiruvchi kamtargina odan ham aslida siyosatning ta’siridan xoli bo`lolmasligini juda ishonarli aks ettirgan. Edigey kechagi kunini unutmagan, bobolar amal qilgan yuksak udumlar asosida yashagan o`zida kuch topa oladigan chin insondir.