Javoblar:1.A 2.D 3.B 4.A 5.A
Uyga vazifa :Shoir g’azallaridan birini yod olish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:
Sinf: 9 “A”-sinf
Darsning mavzusi:Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”asari,Andijon tasviri.
Darsning maqsadi:
a)ta’limiy-o’quvchlarga Boburning “Boburnoma”asari,uning badiiy qiymati,dunyo taraqqiyotida tutgan o’rni,asarda Andijon tasvirining ifodalanishi haqida bilim berish;
b)tarbiyaviy-buyuk ajdodlarga ehtirom, vatanparvarlik, mehr-muhabbat,Vatan sog’inchi,vatanni qadrlash,shukronalik fazilatlarni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,ifodali o’qish,tahlil ,matn ustida ishlash;
Darsning jihozi:darslik,Bobur siymosi,tarqatmalar,”Boburnoma”asari.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida zahiriddin Muhammad bobur hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.Nazm gulshani:Bobur ijodidan yod olingan she’rlar asosida-she’rlar tahlili;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Siz Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma ”asari,uning dunyo taraqqiyoti va tariximiz,ma’naviyatimizda tutgan o’rni haqida nimalar bilasiz?
II.Boburning “Boburnoma”asari nafaqat,o’zbek adabiyoti,balki jahon adabiyotining ham nodir durdonasi hisoblanadi.Bu memuar(esdalik)asarda Bobur o’n ikki yoshida taxtga chiqishidan boshlab,to umrining oxirigacha boshidan o’tkazganlarini ,ko’rgan-kechirganlarini ,guvoh bo’lgan voqealarni siyosatchi,davlat arbobi ,olim,sayyoh va shoir nigohi bilan tahlil etadi.Shuning uchun bu asar tarix,etnografiya,geografiya,tilshunislik,adabiyotshunoslik va boshqa fanlar uchun birday manba bo’la oladi.”Boburnoma”ning o’zbek nasri taraqqiyotida o’rni beqiyosdir.Bu asarXIV-XV asrlardagi Movarounnahr,Xuroson,Hindiston,,,tarixi,jug’rofiyasi..ni o’rganish uchun muhim va asosli manba hisoblanadi…
III.Andijon tasviri:
“Farg’ona viloyati beshinchi iqlimdindur.ma’muraning kanorasida voqe’ bo’lubtur….Janubiy tarafidag’I qasabalardan biri Andijondurkim,vasatta voqe’ bo’lubtur ,Farg’ona viloyatining poytaxtidur…”
Bunda Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon chegaralari,tabiati ,qovun va hokining betakrorligi,qal’alari,eli,bozori,mahoratli kishilari,shuningdek Alisher Navoiy asarlarining bu yerda mashhurligi …haqida yozadi…
Dostları ilə paylaş: |