Darsning mustahkamlash bosqichida: 1.”Topilmas”radifli g’azalini ifodali o’qish va g’azalni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish. Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas. Bu g’azal tili ddiy va sodda.Ishqiy mavzudagi g’azal,oshiq,ma’shuqaq va ag’yor-orasidagi munosabatlar aks ettirilgan .Bunda ma’shuqa juda go’zal va sitamko,oshiq esa jabrdiyda va bardoshli…
G’azalda shoir tarse’(“ipga tizilgan marjon”-misralardagi ost-ust joylashgan so’zlar ohangdosh,vazndosh va qofiyadosh bo’ladi-1-bayt ),tashbih(o’xshatish),tardi aks(bir baytda so’zlar o’rnini almashtirib qo’llash-1-bayt ),tazod(qarshilantirish),tajnis(shakldosh so’zlardan foydalanish),istiora san’atidan keng foydalangan…
Agarchi senizin sabr aylamak ,ey yor,mushkuldur, Sening birla chiishmoqlik dag’I bisyor mushkuldur… “Mushkuldur”radifli g’azali ham shoirning ishqiy g’azallaridan biri hisoblanadi,bunda shoir ilohiy ishqni tarannum etib,u yor hajtida,sitamlarida ozor chekadi va buni o’ziga xos bir ohangda kuylaydi…
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
III.”Boburnoma da keltirilgan Bobur g’azalarida ifodali o’qib,g’oyaviy-badiiy tahlil qilish va Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga yana bir nazar…
IV.Test.sinovi:
1.Mening ko’nglumki gulning g’unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o’lsa o’chilmog’I ne imkondur- Qanday san’at qo’llanilgan?
A.Tazod,tashbih B.Talmeh C.Irsoli masal D.Tajnis
2.”Tarse”so’zining ma’nosi:
A.Qarshilantirish B.Shakldosh so’zlardan foydalanish
C.O’xsharish D.Ipga tizilgan marjon
3.Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas-misralarida qanday san’atlar qo’llanilgan?
A.Tazod,talmeh B.Tazod.tashbih.tarse,tardi aks,
C.Irsoli masal,tajnis D.Istiora,tanosub,tashbih
4.Qarshilantirish san’ati qanday nomlanadi?
A.Tazod B.Tardi aks C.Tashbih D.Tanosub
5.Ag’yor ko’z oldida ul yor ayon yo’q,
G’am xori ko’ngul ichra-yu g’amxor topilmas,-qanday san’at qo’llanilgan?
A.Tajnis B.Talmeh C.Irsoli masal D.Tashbih