Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Darslikda berilgan “Andijon tasviri”matni ustida ishlash,matnni ifodali o’qib,tahlil qilish va bugungi Andijon tasviri,tarixi bilan qiyoslash;
II.”Boburnoma”asarining to’liq nashri ustida ishlash va asardan parchalar,she’rlar o’qib uni Bobur hayoti va tarix bilan bog’lash;
III.Test sinovi: 1.”Boburnoma”qanday asar?
A.Memuar B.Tarixiy C.Sarguzasht D.Jangnoma
2.Asar Boburning qaysi davrini yoritish tasviri bilan boshlanadi?
A.Boburning Samarqandni ilk bor egallab olishi.
B.Shayboniyxondan yengilib,Kobulga yo’l olishi.
C.Otasi vafotidan so’ng,taxtga chiqishi.
D.Jahongir Mirzo bilan Samarqand uchun olib borgan jangi.
3.Andijonning qaysi mevasidan “yaxshiroq ……. bo’lmas”,-deydi Bobur
A.Behi B.Nok C.Olma C.Olcha
4.Andijonning qaysi qushini”to’rt kishi yeb ,tugata olmas…”
A.Mayna B.Qarg’a C.Qirg’ovul D.G’oz
5.El orasida qaysi kasb egalarini mashhur deb aytadi?
A.San’atkorlar B.Me’morlar C.Shoirlar D.Olimlar
6.Bu o’rinda qaysi ijodkor asrlarining mashhurligi orqali turk tiliga ta’rif beradi?
A.A.Navoiy B.Lutfiy C.Binoiy D.Sakkokiy
Javoblar:1. A 2.C 3.B 4. C 5.A 6.A Uyga vazifa:”Boburnoma ”asari to’liq matni ustida ishlash,darslikdagi asardan berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Sana: Sinf: 9 “A”-sinf Darsning mavzusi:Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”asari,Samarqand tasviri .
Darsning maqsadi: a)ta’limiy-o’quvchlarga Boburning “Boburnoma”asari,uning badiiy qiymati,dunyo taraqqiyotida tutgan o’rni,asarda Samarqand tasvirining ifodalanishi haqida bilim berish;
b)tarbiyaviy-buyuk ajdodlarga ehtirom, vatanparvarlik, mehr-muhabbat,Vatan sog’inchi,Vatanni qadrlash,shukronalik fazilatlarni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish.