1-9 Adabiyot 9-sinf


Adib 1501 yil 3-yanvarda Hirotda vafot etdi…



Yüklə 249,9 Kb.
səhifə4/137
tarix14.05.2023
ölçüsü249,9 Kb.
#113414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
9 sinf adabiyot fanidan konspekt-1

Adib 1501 yil 3-yanvarda Hirotda vafot etdi…
Datsning mustahkamlash bosqichida:
I.A.Navoiy haqida berilgan adabiy maqola tahlili.
II.Alisher navoiyning lirik merosi:
Navoiyning ilk devoni 1465-1466yillarda uning muxlislari tomonidan”Ilk devon”nomi bilan chiqariladi,1472-1476-yillarda Husayn Boyqaro iltimosi bilan “Badoyi’ ul-bidoya”ni tuzdi.1486-yilda”Navodir un-bihoya”devonini yozdi.!493 yil forsiy devoni “Devoni Foniy”ni yaratdi.(554 ta g’azal)
1491-1499-yillarda”Xazoyin ul-maoniy” (“Chor devon”)-turkiy devonini tuzdi:
1.”G’aroyib us –sig’ar”-“Bolalik g’aroyibliklari”
2.”Navodir ush-shabob”-”Yigitlik nodirliklari”
3.”Badoye’ ul-vasat”-“Orta yosh yangiliklari”
4.”Favoyid ul-kibar”-“Qari;lik foydalari”
Devonda 16 ta lirik janrda:har bir devonda 650 ta g’azal,jami 2600 ta g’azal keltirilgan.
III.Test sinovi:
1.Alisher Navoiy yoshligida yod olgan asar
A.”lson ut-tayr” B.”Mantiq ut-tayr” C.”Gul vaNavro’z” D”Guliston”
2.Boyqaro Navoiyga qanday ta’rif bergan?
A,Muqarrabi shohiy B.Mavlono C.Eshik og’asi D.Ulug’ ustod
3.”Xamsa ”dostoni nechanchi yillarda yaratildi?
A.1482-86y B.1483-87y C1483-85y D.1484-88y
4.H.Boyqaro iltimosi bilan yozilgan devon
A.”Badoyi’ ul-bidoya” B”Ilk Devon” C.”Navodir un- nihoya” D.”G’aoyib us-sig’ar”
5.Navoiyning forsiy devoni
A.”Chor devon” B.”Devoni Foniy” C.”Navodir ush-shabob” D.”Ilk Devon”
Javoblar:1.B 2.A 3.C 4.A 5.B
Uyga vazifa :Alisher Navoiyning lirik merosini o’rganish va ijodidan yod olib kelish.
Oquvchilar bilimini baholash. Ko`rildi:
MO`IBDO`: M.Turdiyev

1-12 ADABIYOT 9-SINF
DARSNING MAVZUSI:Xamsa va xamsachilik an’anasi
DARSNING MAQSADI:a)ta’limiy-o’quvchilarda “Xamsa”yaratilishi tarixi va xamsachilik an’anasi haqidagi bilim,ko’nikma va tushunchalarni berish;
b)tarbiyaviy-milliy qadriyatlar va an’analarga hurmat ,buyuk ajdodlarga yuksak ehtirom,merosni qadrlash tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning tiri:noan’anaviy;
Darsning uslubi:bahs,qiyoslash,matn ustida ishlash;
Darsning jihozi:Alisher Navoiy siymosi,”Xamsa”asari,ilmiy adabiyot,tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Alisher Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.Shoir asarlari,mavzusi,”Xamsa”va xamsachilik an’anasi haqida nimalar ayta olasiz?
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.”Xamsa” yozishni ozarbayjonlik ulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan.1173-1201 yillarda “Panj ganj ”yaratiladi.”Mahzan ul-asror”,”Xusrav va Shirin”,”Layli va Majnun”,”Haft paykar”,”Iskandarnoma”dostonlaridan iborat,
Nizomiydan yuz yil o’tgach, shahrisabzlik turkiy xalqlar avlodidan bo’lgan Xusrav Dehlaviy 1253-1325-yillarda “Xamsa”sini yozdi. Bu asar”Matla’ ul- anvor”,”Shirin va Xusrav”,”Majnun va Layli”,”Hasht bihisht”,”Oyinayi Iskandariy”dostonlaridan iborat.
“Xamsa ”yaratishning quyidagi shrtlari mavjud:a)besh dostondan tashkil topmog’I;b)birinchi doston,albatta,pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy,falsafiy bo’lmog’I’d)ikkinchi doston Xisrav va shirin munosabatlariga bag’ishlanmog’I,e)uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog’I;f)to’rtinchi doston shoh Bahrom va beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog’i lozim.
II.”Xamsa”va xamsachilik an’anasi haqidagi ma’lumotlarni darslik va qo’shimcha adabiyotlardan o’qib,o’quvchilar bilimi va tushunchalarini boyitish.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Alisher Navoiy “Xamsa”si haqida va boshqa dostonlar bilan qiyoslash:
Dehlaviydan qariyb 200 yil o’tib,ikki buyuk xamnavis maydonga chiqdi.Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy.Jomiy “Xamsa”si 7 dostondan iborat,”Haft avrang”deb nomlanadi.”Tuhfatul- ahror”,”Sabhatul abror”,”Yusuf va Zulayxo”,”Layli va Majnun”,”Xiradnomayi Iskandariy”,”Silsilat uz-zahab”,”Salomon va Absol”
Alisher Navoiy asarining ahamiyatlisi shundaki ,u turkiy tilda yozilgan birinchi “Xamsa”dir.”Hayrat ul-abror” ,”Farhod va Shirin”,”Layli va Majnun”,”Sab’ai sayyor”,”Saddi Iskandariy”dostonlaridan iborat.
Gar nuktalari olamni tutdi,
G’avg’olari ins-u jinsni tutdi.
Chun forsiy erdi nukta shavqi,
Ozroq rdi andi turk zavqi,-
Deb shoir “”Xamsa “yozish sababini yozadi.
II.”Xamsa”haqidagi darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish.
III.Test sinovi:
1.Nizomiy Ganjaviy o’z asarini necha yil davomida yozgan?
A.25 B.28 C.30 D.18
2.Xusrav Dehlaviy “Xamsa”sidagi birinchi doston qanday ataladi?
A.”Matla’ ui-anvor” B.”Mahzan ul-asror” C”Xusrav va shirin’’ D.”Hasht bihisht”
3.Abdurahmon Jomiy “Xamsa”si qanday ataladi?
A.”Xamsa” B.”Haft avrang” C.”Panj ganj” D.”Haft paykar”
4.Gar nuktalari olamni tutdi,
G’avg’olari ins-u jinsni tutdi.- Navoiyning qaysi asaridan olingan?
A.”Farhod va Shirin” B.”Layli va Majnun” C.”Saddi iskandariy” D.”Sab’ai sayyor”
5,Alisher Navoiy”Xamsa”si hajmi?
A.51 ming misra B.64 ming misra C.52 ming misra D.50 ming misra
Javoblar:1.B 2.A 3.B 4.B 5.A
Uy ishi:””Farhod va Shirin” dostonining to’liq nashrini o’qish;
O’quvchilar bilimini baholash.


Yüklə 249,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin