1-9 Adabiyot 9-sinf


Uy ishi:Asarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish O’quvchilar bilimini baholash. Ko`rildi



Yüklə 249,9 Kb.
səhifə9/137
tarix14.05.2023
ölçüsü249,9 Kb.
#113414
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   137
9 sinf adabiyot fanidan konspekt-1

Uy ishi:Asarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish
O’quvchilar bilimini baholash. Ko`rildi:
MO`IBDO`: Turdiyev M



1-16ADABIYOT 9-SINF
DARSNING MAVZUSI:”Farhod va Shirin”dostononining badiiy xususiyatlari
Darsning maqsadi:a)ta’limiy-“Farhod va Shirin”dostoni matni ustida ishlash,asarnimg badiiy xususiyatlari haqida tushuncha berish;
b)tarbiyaviy-asarda ilgari surilgan komillik,oliyjanoblik,insoniylik tuyg’ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi-asar yuzasidan o’quvchilar dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish.
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,asar matni ustida ishlash;
Darsning jihozi:tarqatmalar,”Farhod va Shirin”dostoni,asarda ishlangan minnnatyuralar
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida o’tilgan mavsuni mustahkamlash;
2.Darslikda berilgan savol-topshiriqlar ustida ishlASH.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Darslikda berilgan parchalardan matnlarni ifodali o’qib,asarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
“Farhod va Shirin”dostoni ham g’oyaviy,ham badiiy jihatdan yetuk va mukammal asardir,Unda shoirning ijodkorligi bilan birga so’z boyligi,badiiy vositalardan o’rinli foydalana olishi yaqqol namoyon bo’ladi.
Harimi iffat ichra shoh ul ermish,
Sipehri ismat uzra moh ul ermish.
Iffat haramining shohi,tiniq osmonning yulduzi ,deya Alisher Navoiy Shirin visoliga ta’rif berar ekan,bu tavsiflar bilan u uning qalbidagi ilohiy,pok muhabbatga ishora qiladi.
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Darslikda berilgan “Xusrav va Farhod bahsi”haqidagi parchni o’qib,tahlili qilish:
Dedi-“Qaydinsen,ey majnuni gumrah?”
Dedi-“Majnun vatandin qayda ogah?”
Dedi-“nedur sanga olam pasha?”
Dedi-“Ishq ichra majnunliq hamesha”.
Asarning mana shu o’rnida Farhodning javoblari orqali Navoiy ilohiy isq,inson qalbini poklash,komil inson…tushunchalariga keng izoh beradi.bahslardagi tashbihlar,so’z o’yinlari ,qahramonlar taqdiridagi ziddiyatlar asar badiiyligi bilan birga ta’sirchanligi,voqealarning keskin o’zgarishiga ham ta’sir qiladi…
II.Asarning to’liq nashri ustida ishlash.
III.Test sinovi:
1.Farho to’rtinchi manzilda kim bilan uchrashadi?
A.Arastu B.Suqrot C.Shopur D.Mulkoro
2.Farhod sirli ko’zguda nimani ko’radi?
A.Arman yurtini B.Yo’l azobini
C.Tog’dan ari qaziyotgan odamlar,o’zining ariq qaziyotgani va Shirinni
D.Xusravning Arman yurtiga yurishini
3.Shirinning Arman yurtidan ekanligini kim aytadi?
A.Shopur B.Mulkoro C.Bahrom D.Qoran
4.Arman xalqi qaysi ariqdan suv yo’li ochayotgan edilar?
A.Ayn ul-hayot B.Bahr un-najot C.Yunon arig’I D.Ajam
5.Xusrav Parviz qaysi shaharlarda hukmron edi?
AArman B.Chin C.Ajam va Arab D.Yunoniston va Arab

Yüklə 249,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin