Sinf: 9-sinf Sana: Darsning mavzusi:Abdulhamid Sulaymon o’gli “Kecha va Kunduz” romani to`g`risida.Asar tahlili.
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lponning “Kecha va Kunduz ”romani haqida o’quvchilarga ma’lumot berish va asar matnidan o’qib,asarni tahlil qilish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda insoniy tuyg’ularni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini,badiiy asar o’qish salohiyatini oshirish.
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,ifodali o’qish,tahlil;
Darsning jihozi:darslik,Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon siymosi,qo’shimcha badiiy adabiyotlar,tarqatmalar”Kecha va Kunduz”romani;
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Cho’lpon hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.”Kecha va Kunduz”romani asosida berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlash.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Asar matnidan ifodali,rollarga bo’lib o’qish va qahramonlarga xos fazilatlarni izohlash:
“... -Ichida qanday suv borligini bilarmidingiz?
-Bilardim.
-Qanaqa suvidi?
-Irim suvidi.
-Kimga qilingan irim?
-Menga..
-Nima uchun irim qildirardingiz?
-Farzand bo’lsin deb….”
Bu suhbat orqali Cho’lpon nafaqat o’sha davrdagi qizlarga xos soddalik,samimiylik,ishonuvchanlik,balki erksizlik tuyg’ularini ham ochib beradi.Mana shu soddalik Zebi qalbining pokligi,beg’uborligini asoslab beradi…
II.Romanda Zebi ishtirokidagi voqealar tasviriga ko’p o’rin berilgan.Adibning mahorati tufayli mute va odmiligi sababli hech qanday ijtimoiy salmoqqa ega bo’lmagan Zebi o’z soddaligi,husni,noyob iste’dodi bilan o’quvchilar mehrini qozonadi.Cho’lpon qizni o’z tabiati mantig’iga muvofiq qiladi.
Zebi-o’zbek ayoli timsoli.Hurkak ohu singari go’zal va ilojsiz.U vaziyatga ta’sir ko’rsatishni ,nobop hayotga qarshiisyon qilishni xayoliga ham keltirmaydi…