Javoblar:1. B 2. A 3.C 4. A 5.B Uyga vazifa:Shoir she’rlaridan yod olish.
O’quvchilar bilimini baholash
Sana: Sinf: 9 sinf Darsning mavzusi:Muso Toshmuhammad o’g’li Oybekning “Qutlug’ qon”romani
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- Muso Toshmuhammad o’g’li Oybekning “Qutlug qon”romani haqida ma’lumot berish va asardan parchalar o’qib,asarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda mehr-muhabbat,jaholatga qarshi kurashish,mardlik tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish.
Darsning turi:yangi bilim berish;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,ifodali o’qish,asar tahlili;
Darsning jihozi:darslik,Oybek siymosi,qo’shimcha badiiy adabiyotlar,”Qutlug’ qon” romani;
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;b)kitob-daftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Oybek hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.Muso Toshmuhammad o’gli Oybek she’riyati,uning g’oyaviy-badiiy olami haqida qanday ma’lumotlarga ega bo’ldingiz?She’rlardan yod so’rash.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.1916-yilgi tarixiy voqealar va ularning oqibatlari haqida nimalar ayta olasiz?
II.Oybekning “Qutlug’ qon”romani 1938-yil Oybek qatag’onga uchragan davrda yozilgan.Bu haqda Zarifa Saidnosirova shunday yozadi:”… Oybek butun yoz ichi bog’dan chiqmay ijod qildi.Oybek buyuk iroda egasi edi.Shuning uchun ham u o’ta tahlikali va fojiali kunlarda ,g’urbat yutib kechirilgan hayotda “Qutlug’ qon”day go’zal va o’lmas asarni yaratdi…”
Adabiyotshunos Homil Yoqubov esa:”Oybek shu qadar qizg’in ilhom bilan qalam tebratdiki,olti oy badalida milliy ozodlik harakatida mehnatkash xalqning ongida munavvarlashishini tasvirlagan badiiy jihatdan yuksak asar “Qutlug’ qon”ni yozib bitirdi..”,-deb yozadi.Roman asosida 1916-yilgi Toshkentda bo’lib o’tgan qo’zg’olon yotadi…