4-84 Adabiyot 9-sinf Sana: Darsning mavzusi:Vilyam Shekspurning “Otello”tragediyasi.Asar matni ustida ishlash.
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- o’quvchilarga Vilyam Sheksprning “Otello”tragediyasi,asarning jahon adabiyotida tutgan o’rni haqida bilim va ma’lumotlar berish,asar matniga tayanib,uni badiiy-g’oyaviy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda jahon adabiyotiga bo’lgan qiziqisni tarbiyalash,insoniy tuyg’ularni tarbiyalash,asarda ilgari surilgan jaholatga qatshi kurashish,insoniy ning
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish,badiiy adabiyotga va kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;
Darsning turi:noan’anaviy;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,asar tahlili;
Darsning jihozi:darslik,Vilyam Shekspir siymosi, asarlari;
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Vilyam Shekspir hayoti va ijodi yuzasidan olgan bilimlarni asosida savol-javob;
2.”Otello”tragediyasi haqida qanday bilim va tushunchalarga ega bo’ldingiz?
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.”Otello”asaridan berilgan parchadan ifodali,rollarga bo’linib o’qish va asarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish: Oh,razillik!Bu to’g’rida men o’ylaymanki, Sezmoqdaman razolatning sassiq hidini… Shunday bo’lr,deb o’ylardim…Men o’z-o’zimni Bu qayg’udan o’ldiraman razolat,pastlik! Emiliya bu so’zlarini atrofdagilarga qarata aytar ekan,bu razolt orqali keladigan ko’ngilsizlaiklarni his qilib,uning ishtirokchilariha bevosita o’z nafratini oshkor qiladi.
II.Asardagi razolat Yago va Rodrigoning kirdikorlari orqali vujudga keladi. Yago o’z manfaatiga erisholmay,Rodrigo Dezdemna muhabbatini qozinolmay alamzada bo’lib,bir bo’lib,o’ch olishga harakat qiladilar.Asarda tog’ri odamlarning ishonuvchan ,sodda bo’lishi,o’zgalardan yomonlik,xiyonat kutmasligi Otello,Kassio,Dezdemona,Emiliya timsollari orqali ta’sirli ko’rsatilgan.
Otello mard,to’g’riso’z va ochiqko’ngil.U Dezdemonadan xiyonat kutmaydi,shuning uchun ham uni kechirmaydi.mana shu ishonuvchan odamlar mayda manfaatparastlar girdobida ,ular to’rlarining qurboniga aylanishadi…