Darsning mustahkamlash boqichida: I.Tashxis haqida nazariy ma’lumot
Tashxis mumtoz adabiyotimizda keng qo’llaniladigan badiiy vositalardan biridir.”Tashxis”arabcha so’z bo’lib,”shaxs”o’zagidan olingan bo’lib,shaxslantirish degan ma’nini bildiradi.tashxis faqat insongagina xos bo’lgan jismoniy va ruhiy holatlarni tabiat manzaralari,jonzodlar,brliqdagi narsa-buyumlar hamda hayotdagi tushunchalarga ko’chirish san’atidir.
Tarab tiflin tug’urdi dahr zoli,
Ongo bo’ldi magarkim doya navro’z…
Ma’nosi:dunyo kampiri shodlik chaqalog’ini tug’arkan,navro’z unga doyalik qildi…
II.Darslikda berilgan tashxis haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish va matn ustida isshlash,savol-tpshiriqlar ustida ishlash;
III.Shoir she’rlaridan parchalar o’qish va tashxis san’ati keltirilgan o’rinlarni olgan bilimlar asosida tahlil qilish.
IV.Test sinovi
1.”Ogohnoma”qaysi janrda yozilgan?
A.Qasida B.Ballada C.Tarji’band D.ta’rix
2.”Tashxis”-so’zining ma’nosi
A.Shaxs B.Ko’chirish C.Shaxslantirish D.Belgilash
3.Tashxis –qanday san’at turi sanaladi?
A.Misralarda qarama-qarshi so’zlardan foydalanish
B.Insonlarga xos fazilatlarni borliqdagi narsalarga ko’chirish
C.Misralarda shakldosh so’zlardan foydalanish
D.O’xshatish san’ati
4.Baland aylab quyoshga poya navro’z,
Ko’tardi yer yuzidin soya navro’z
Baytda qanday san’at qo’llanilgan?
A.Tazod B.Talmeh C.Irsolu masal D.Jonlantirish
5.”Ogohnoma”da shoir xonga xos nechta fazilatni ko’rsatb o’tadi?
A.22 B.23 C.40 D.30
Javoblar:1.A 2.C 3.B 4.D 5.A Uyga vazifa: Savol-topshiriqlar ustida ishlash Oquvchilar bilimini baholash
Sana: Sinf: 9 “A”-sinf Darsning mavzusi: Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat hayoti va ijodi
haqida ma’lumot berish
Darsning maqsadi: a)ta’limiy-o’quvchilarga Zokirjon Xolmuhammad o’gli Furqat haqida ma’lumot berish;