Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitob-daftarlar nazorati;d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Oybekning “Qutlug’ qon”romani yuzasidan olgan bilimlarni sinash;
2.Asar qahramonlariga tavsif va asarning bugungi kundagi ahamiyati haqida suhbat
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.Odil Yoqubov haqida qanday ma’lumotlarga egasiz,quyi sinflarda qaysi hikoya bilan tanishgansiz?
II.Odil Yoqubov 1926-yil 20-oktabrda Janubiy Qozog’iston viloyatining Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlog’ida tug’ilgan Otasi 1937-yil qatag’on tufayli qamoqqa olinib,qaytib kelmagan.Adib 1944-yil maktabni bitirib,II jahon urushi Uzoq Sharq Va Yaponiyaga qarshi kurashda xizmat qiladi.
1951-56-yillarda SAGUning filologiya fakulteteida o’qiydi.Yozuvchilar uyushmasi,”Literaturnaya gazeta”,”O’zbekfilm”kinostudiyasi,”O’zbekiston adabiyoti va san’ati”matbuotlarida ishlaydi.Adib 2009 yil 21-dekabrda Toshkentda vafot etadi. Ilk asari “Tengdoshlar”1951-yil “Sharq yulduzi”jurnalida bosilgan.”Chin muhabbat”,”Aytsam tilim kuyadi,aytmasam dilim”,””Yurak yonmog’i kerak”,
“Olma gullaganda”kabi dramatik asarlar,”Ikki muhabbat”nasriy asarlarto’olami,”Muqaddas ”,”Bir felyeton qissasi”,”Tilla uzuk”,”Larza”… kabi qissalar,”Er boshiga ish tushsa”,”Diyonat”,”Oqqushlar,oppoq qushlar”,”Adolat manzili”,”Osiy banda kabi ”romanlar muallifi
Darsning mustahkamlsh bosqichida: I.Yozuvchi haqida berilgan darslikdagi ma’lumotlarni o’zlashtirish va qo’shimcha badiiy adabiyotlar ustida ishlash.
II.Test sinovi:
1.Adibning ilk asari:A.”Muqaddas” B.”Tengdoshlar”C.”Diyonat” D.”Larza”
2.Adibning ilk asari qaysi jurnalda bosilgan?
A.”Sharq yulduzi” B.”Gulxan” C.”Til va adabiyot ” D.”Literatura “
3.Adibning nasriy asarlar to’plami qanday nomlanadi?
A.”Tilla uzuk “ B.”Yurak yonmog’i kerak” C.”Ikki muhabbat” D.”Matluba”
4.Adib 1970-82 –yillarda qayerda xizmat qilgan? A.Yozuvchilar uyushmasida B.”Literaturnaya gazeta”sida C.”O’zbekfilm”da D.”Sharq yulduzi”da
5.”Chin muhabbat”,”Yurak yonmog’I kerak”,”Olma gullaganda”qanday asarlar sirasiga kiradi?
A.Nasriy asarlar B.Romanlar C.Qissalar D.Dramatik asarlar