1-9 Adabiyot 9-sinf


O’quvchilar bilimini baholash



Yüklə 249,9 Kb.
səhifə84/137
tarix14.05.2023
ölçüsü249,9 Kb.
#113414
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   137
9 sinf adabiyot fanidan konspekt-1

O’quvchilar bilimini baholash.

Sana: Sinf: 9 sinf
Darsning mavzusi: Oybekning “Qutlug’ qon ”romani tahlili .Nazariy ma’lumot:Roman
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- Muso Toshmuhammad o’g’li Oybekning “Qutlug’ qon”romanini g’oyaviy-badiiy tahlil qilish,roman haqida nazariy ma’lumot berish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda ona Vatan ozodligini asrash,mardlik,jasorat,nohaqlik va jaholatga qarsgi kurash tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish,nazariy ma’lumotlarni kengaytirish;
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,ifodali o’qish,asar tahlili,qahramonlarga tavsif;
Darsning jihozi:darslik,Oybek siymosi,tarqatmalar,”Qutlug’ qon”romani.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;b)kitob-daftarlar nazorati;d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Oybek hayoti va ijodi,”Qutlug’ qon”romani yuzasidan savol-javob;
2.”Qutlug’ qon”asari asisida savol-topshiriqlar ustida ishlash;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.”Qutlug qon ”asaridan parchalar o’qib,g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
“Yo’lchining butun borlig’ida siqilib yotgan kuch olov kabi bir onda lov yonib ketdi
Odam ancha qalinlashdi ,xitoblar,qarg’ishlar,ayol yig’ilari kuchaydi.Shu chog’da ,qayerdandir kelib qolgan oppoq,ko’rkam soqolli bir keksa ,odamlarga qarab,duo qilgan kabi ,qo’l yozib,baland qichqirdi:
-Azamatlar,shaylaninglar,g’azot,g’azot!”
Bu parchada qo’zg’olon tasviri aniq va yorqin aks ettirilib,Yo’lchi kabi boshqalarning ham nohaqlikka qarshi kurashi ifodalangan.Asarda yozuvchi Yo’lchi,Gulnor,Shokir ota,Mirzakarimboy,Yormat,tantiboyvachcha singari kishilar taqdirini yoritadi.Yo’lchi-halol,mard,oqko’ngil yigit.Zulm va adolatsizlikka qarshi kurashadi.Shu yo’lda qon to’kadi.Shuning uchun asar “Qutlug’ qon”deb nomlanadi.
II.”Qutlug’ qon”romani haqida berilgan adabiy maqolani o’qish;

Yüklə 249,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin