131
V-BOB. AVTOMOBIL YO‘LLARINI KO‘KALAMZORLAShTIRISh
TEXNOLOGIYALARI
5.1. Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish turlari tasnifi
Muhandislik inshootlari (yo‘l, ko‘prik va boshqalar) tarkibiga kiradigan
yo‘l daraxtlari ob’ektning o‘ziga xosligini ta’kidlab, uni transport haydovchisi,
piyodalar va yo‘lovchilar tomonidan qabul qilinishini oshirishi kerak. Yo‘l
o‘simliklari quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
a) yo‘lning ko‘rinishini idroq qilish;
b) insonlar va transport harakati xafsizligini yaxshiroq ta’minlash
uchun
sharoit yaratish;
v) yo‘lni atrof landshaftiga moslashtirish, tabiat go‘zalligini bor bo‘yicha
ko‘rsatish va shuningdek, landshaftni boyitish;
g) mikroiqlimni yaxshilash;
d) inshootlarning uzoq muddat ishlashini ta’minlash.
Yo‘l o‘simliklari tabiatning boyliklarini ko‘rinishini buzmasdan,
ayrim
ko‘rimsiz ob’ektlarni (bino, ochiq kon v.b) ko‘rinishini berkitishga xizmat
qiladi. Yo‘l o‘simliklari odamlar to‘planadigan joylarda (avtobus bekatlari, dam
olish maydonchalari) atrof muhitga qaraganda
yaxshilangan mikroiqlim
sharoitini yaratishi kerak. Ular yuqori didli ko‘rinishda bo‘lib, odamlar
to‘planadigan joyni shamoldan to‘sish, quyosh, chang va shovqindan saqlashga
xizmat qiladi. Yo‘l o‘simliklari muhandislik inshootlari (ajratuvchi tasma, yon
bag’r
qiyaligi, suv qochirish ariqchalari v.b.) saqlanganligini ta’minlashga
yordam beradi. Ko‘kalamzorlashtirish faqat manzara vazifasini emas, balki yo‘lning
transport-ekspluatastion ko‘rsatgichlariga, ba’zi bir hollarda yo‘l harakati xavfsizligi
va qulayligiga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Yo‘l bo‘yi o‘simliklarining himoya funkstiyalari yo‘llarni qor va qum
bosishidan va chang-to‘zondan asrashda, daraxtlar ochiq joylarda transport vositasini
boshqarishni qiyinlashtiradigan yon tomondan esadigan kuchli shamolni to‘sishda,
butalar o‘yma, ko‘tarma yon bag’rlarini va jarliklarni suv va shamoldan emirilishidan
himoyalashda, o‘simliklar yo‘l poyini namgarchilik va
suvli joylarda quritishga
132
yordam beradi. Yo‘l bo‘yi o‘simliklari yo‘l harakatini tashkil etishning kompleks
tadbirlarida, tuman va qor bosib qolish davrlarida, sutkani qorong’i vaqtida yo‘lni
idrok etishni ta’minlash, hamda yo‘lning to‘g’ri va egri bo‘laklarida haydovchilarni
yo‘nalishni aniqlashini
yaxshilash, yo‘lning ayrim elementlarini, chorrahalar, xizmat
ko‘rsatish inshootlarini aniq ko‘rsatib harakat xavfsizligini oshirishga yordam beradi.
Ajratuvchi tasmali bo‘lgan ko‘p tasmali yo‘llarda haydovchilarni qarshi tomondan
kelayotgan avtomobillar farasi yorug’ligidan ko‘z qamashishini oldini oladi.
Mamlakatga mehmon bo‘lgan yo‘lovchilarni zavqlantiruvchi manzaralar bilan o‘ziga
jalb qiladi.
Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish asosiy ikki turga bo‘linadi: himoya
va manzarali ko‘kalamzorlashtirish.
a) Himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirishga quyidagilar kiradi:
- nurashga qarshi himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;
- qordan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;
- qumdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish;
- shovqin-gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirish.
b) Manzarali ko‘kalamzorlashtirish - turizm sohasi bo‘yicha
mamlakat
mehmonlarini jalb etuvchi omil bo‘lib, avtomobil yo‘lini arxitektura-tasviriy
ko‘kalamzorlashtirish uchun qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: