Manba: N.Atayeva, F.Rasulova, M. Salayeva, S.Hasanovlarning Umumiy Pedagogika darsligi T. 2012 yil. 14- bet
65. Pedagogikaning asosiy kаtegoriyаlаri qaysilar. Javob: mа’lumot, tаrbiyа, tа’lim, pedаgogik jаrаyon, o‘z-o‘zini o‘qitish, o‘z-o‘zini tаrbiyаlаsh. Manba: O‘.J.Yo‘ldoshev, А.Аbdurаshidov I bob; O‘.J.Yo‘ldoshev II bob;
O‘.J.Yo‘ldoshev, А.N.Ziyаyev III bob; M.Hаmidov V bob; M.M.Yusupov,
А.Nusrаtov VI bob; S.S.Isаmitdinov, N.M.Ochilovа VII bob. “Umumiy pedagogika” o’quv qo’llanma. T.: - 2020.18 bet
66. Sinkveyn metodiga ta’rif bering? Javob:(axborotni yig‘ish). O‘rganilayotgan materialni to‘laqonli va puxta anglash uchun qo‘llaniladigan interfaol usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Sinkveyn – (fransuzcha: «cinquains» – besh qator o‘ziga xos, qofiyasiz she’r) unda o‘rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to‘g‘risidagi axborot yoyilgan va yig‘ilgan holda, turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi.
Manba: Izbullayeva G. Pedagogika nazaryasi va tarixi. II qism darslik. Buxoro-2022. “Durdona” nashriyoti, 70-bet
67. Korreksion pedagogikaning toifalari xususida fikringizni ayting? Javob:1. Anomal bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish. 2. Anomal bolalarni tarbiyalash. 3. Korreksiya (lotincha: «correctio» - tuzatish) – aqliy va jismoniy rivojlanishdagi nuqsonlarni tuzatish, bartaraf etish. 4. Tuzatish va tarbiyaviy ishlar. 5. Kompensatsiya (lotincha: «compensation» – kompensatsiya, muvozanatlash) - buzilgan yoki rivojlanmagan tana funksiyalarini almashtirish yoki qayta qurish. 6. Ijtimoiy reabilitatsiya (lotincha: «rehabilitas» – jismoniy tayyorgarlikni, qobiliyatni tiklash).
Manba: Izbullayeva G. Pedagogika nazaryasi va tarixi. II qism darslik. Buxoro-2022. “Durdona” nashriyoti, 200-201-bet