1. Аbdullа Аvloniy qalamiga mansub quydagi aforizmni davom ettiring? «Tаrbiyа biz uchun yo hаyot yo mаmot, yo nаjot »? Javob


Manba: A’zam Xoliqovning Pedagogik mahorat darsligi T. 2011 yil. 54- bet 294. Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari qaysilar?



Yüklə 132,24 Kb.
səhifə61/61
tarix22.06.2023
ölçüsü132,24 Kb.
#134176
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
pedagogika 300 ta savol (2)

Manba: A’zam Xoliqovning Pedagogik mahorat darsligi T. 2011 yil. 54- bet


294. Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari qaysilar?
Javob: 1. O’z kasbiga muhabbat, o'quvchilarni seva olishi.
2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
3. Pedagogik taktga (odob va go'zallikka) ega bo'lish.
4. Bolalar jamoasiga singib keta olish.
5. O'z mehnatiga ijodiy yondashish.
6. Javobgarlikni his etish.
7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi
Manba: A’zam Xoliqovning Pedagogik mahorat darsligi T. 2011 yil. 59- bet


295. Pedagogik muloqotning asosiy turlari qaysilar?
Javob: O‘zaro ijodiy faoliyatga qiziqtiradigan muloqot, O‘zaro do‘stona munosabatga asoslangan muloqot, Muayyan masofani saqlagan holda tashkil etiladigan muloqot, Qo‘rqitish, tahdid qilishga asoslangan muloqot, Hazil-mutoyibaga, yumorga asoslangan muloqot.
Manba: N.Erkabayeva “Pedagogik mahorat” o’quv qo’llanma T-2020 yil. 21-bet.


296. Pedagogik muloqot yo‘nalishlarini ko’rsating?
Javob: Pedagogning alohida o‘quvchi bilan muloqoti, Pedagogning butun sinf bilan muloqot, Pedagogning alohida o‘quvchi orqali butun sinf bilan muloqoti, Pedagogning butun sinf orqali alohida o‘quvchi bilan muloqoti.
Manba: N.Erkabayeva “Pedagogik mahorat” o’quv qo’llanma T-2020 yil. 21-bet.


297. Qobiliyatlar tizimi qanday xususiyatlari bilan farqlanadi.
Javob:asosiy xususiyatlar, tayanch xususiyatlar, yetakchi xususiyatlar, yordamchi xususiyatlar.
Manba: A’zam Xoliqovning Pedagogik mahorat darsligi T. 2011 yil. 59- bet


298. O’qituvchining didaktik qobiliyatiga ta’rif bering. (takror)
Javob: o'quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta’lim va tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o'zlashtirgan holda samarali dars berish qobiliyatidir.
Manba: A’zam Xoliqovning Pedagogik mahorat darsligi T. 2011 yil. 60- bet


299.O‘qituvchining o'quv-tarbiyaviy faoliyatni puxta rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko'ra olishi qanday qobiliyatning o’ziga xos xususiyati sanaladi?
Javob: Konstruktiv qobiliyat.
Manba: A’zam Xoliqovning Pedagogik mahorat darsligi T. 2011 yil. 60- bet.


300. Pedagogik takt (pedagogik nazokat) deb nimaga aytiladi?
Javob: pedagogning o‘quvchilar bilan turli faoliyat shakllari bo‘yicha tashkil etiladigan muloqotda mavjud axloqiy tamoyillar hamda hulq-atvor qoidalarga rioya qilishi, ularga to‘g‘ri yondashish malakalariga egaligi.
Manba: N.Erkabayeva “Pedagogik mahorat” o’quv qo’llanma T-2020 yil. 21-bet.
Yüklə 132,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin