6. Hadisi sharifdalardan namunalar keltiring? Javob. 1. Ilmning ofati – sendan chiqarmoqlik va ilmga rag‘bati bo‘lmagan kishilarga o‘rgatib, uni zoye ketkazmoqlikdir. 2. Qizlarni turmushga chiqarish to‘g‘risida onalari bilan maslahatlashinglar. 3. Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg‘on so‘zlash, va’dasining ustidan chiqmaslik va omonatga xiyonat qilish. 4. Chaqirilgan joygagina boring. 5. Nafaqa va sadaqa berishda avval o‘zingdan boshla. Agar biror narsa ortsa, ahli ayolingga ber. Yana biror narsa ortib qolsa, qarindoshlaringga ber. Ulardan ham ortsa boshqalarga ber.
Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 40-41 b.
7. Qur’oni Karimda qanday ma’naviy-axloqiy masalalar oʻz ifodasini topgan? Javob. Mol-dunyolaringizni oralaringizda nohaq-harom yo‘llar bilan yemangiz! (Yaʼni birbiringizning haqqingizni yemang!) Va (gunoh qilayotganingizni) bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini gunoh-harom yo‘l bilan yeyish uchun (mollaringizni pora qilib) hokimlarga uzatmang! (Baqara 188). Yaxshi gap va kechirish – ketidan ozor keladigan sadaqadan yaxshiroqdir.
Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 33-34 b.
8. J.Hаsаnboyev, X.Xomidovlаr pedаgogikа tаrixini qanday bosqichlarda dаvrlаshtiririb yondashgаnlаr? Javob. 1.Qаdimgi dаvrdаn VII аsrgаchа bo‘lgаn tаrixiy dаvrdа tа’lim-tаrbiyа vа
pedаgogik g‘oyаlаr tаrаqqiyoti dаvri.
2. VII-VIII аsrlаrdа Movаrounnаhrdа mаdаniyаt vа pedаgogik fikrlаr
rivojlаnishi dаvri.
3. Shаrq uyg‘onish bosqichidа fаn vа mаdаniyаt hаmdа tа’lim-tаrbiyаning
tаrаqqiyoti dаvri.
4. Mаdаniyаt vа tа’lim-tаrbiyаning Temuriylаr hukmronligi dаvridаgi
tаrаqqiyoti.
5. XIX аsrning oxiri XX аsr boshlаridа Turkiston o‘lkаsidа tа’lim -
tаrbiyаning rivojlаnishi dаvri.
6. Mustаqil O‘zbekiston Respublikаsidа tа’lim tizimi, istiqlol vа istiqbol
yo‘llаri dаvri.
Manba. O‘.J. Yo‘ldoshev tаhriri ostidа. Umumiy pedаgogikа. –T.: «Fаn vа texnologiyа», 2017, 198 bet.