Javob. Jаvаhаrlа’l Neru.
Manba. Yoʻldoshev Oʻ.J. tahriri ostida. Umumiy pedagogika. – T.: «Fan va texnologiya», 2017. – 233 b.
43. XIX asrning birinchi yarmida Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni.....?
Javob. Qiz bolalar oʻz davrining oʻqimishli ayollari tomonidan uylarida ochilgan maktablarda oʻqitilgan. Ayol muallimani oʻlkaning turli hududlarida «otinoyi», «otinbibi», «bibiotin», «bibixalifa» deb ataganlar. Qizlar maktabi oʻgʻil bolalar maktablariga nisbatan ancha kam boʻlgan, koʻp hollarda maktabdorlarning, imomlarning xotinlari maktabdorlik qilgan. Gulbadanbegim, Zebunisobegim, Nodirabegimlarni qoʻya bering, XIX asrning oʻzida Uvaysiy, Mahzuna, Dilshodi Barno, Muazzamxon, Muattarxon, Anbar otin, Qamarniso, Nozimaxon kabi oʻnlab mashhur shoiralar yetishib chiqqan.
Manba. Izbullayeva, Gulchehra. Pedagogika nazariyasi va tarixi (Pedagogika tarixi XIII – XIV asrlar) [Matn]: oʻquv qoʻllanma / G. Izbullayeva. - Buxoro: «Sadriddin Salim Buxoriy» Durdona nashriyoti, 2019. - 180 b. (Manba xato, bu ma’lumotlar Izbullayeva darsligida keltirilgan)
44. Atoqli zullisonayn shoira Dilshodi Barnoning muallimalik faoliyati ta’rif bering.
Javob. Atoqli zullisonayn shoira Dilshodi Barno 50 yildan ortiq muallimalik qilib, qizlarga xat-savod oʻrgatdi, tab’i nazm qizlarga she’riyat ilmidan dars berdi. Dilshod oʻz maktabida yosh qizlarni tarbiyalar, ularga xat-savod oʻrgatar va ularni chuqur bilim egasi qilib chiqarishga intilar edi. Shu bilan birga, yosh iste’dodli qizlarga oʻzbek, tojik mumtoz adabiyoti namoyondalarining asarlarini ham oʻrgatar va ularni nafosat ruhida tarbiyalab, oʻz zamonasining ilgʻor kishilari qilib yetishtirishga harakat qilgan.
Manba. Yoʻldoshev Oʻ.J. tahriri ostida. Umumiy pedagogika. – T.: «Fan va texnologiya», 2017. - 376 b.
45. Xonliklardagi madrasalarda oʻquv dasturining tuzilishini izohlang.
Javob. Madrasalarda oʻquv dasturi asosan uch bosqichda: boshlangʻich (adno), oʻrta (avsat) va yuqori (a’lo) bosqichlarda olib borilib, unda uchta til (arab, fors va turkiy) mukammal oʻrgatilgan. Madrasalarda Qur’on ilmi (oʻqish usullari, qiroat, tavsif), fiqh (shariat qonunlari), handasa, ilmi nujum, axloq, falsafa, mantiq, adabiyot, joʻgʻrofiya, tarix, tabobat fanlari oʻqitilgan.
Manba. Hasanboyeva O. va boshq. Pedagogika tarixi. Darslik. Mualliflar: O. Hasanboyeva, J. Hasanboyev, H. Homidov. – T.: Gʻ. Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2004. 312 b.
Dostları ilə paylaş: |