46. Munis Xorazmiyning ilmiy pedagogik merosining mazmuni nimadan iborat? Javob. Munis Xorazmiyning asosiy adabiy merosi 1815–1820-yillarda tuzilgan «Munis ul-ushshoq» («Oshiqlar doʻsti») devoni gʻazal, ruboiy, qit’a va boshqa janrlardan iborat boʻlib, 80 000 dan ziyod misrani oʻz ichiga oladi. U bir necha marta nashr qilingan. Munis Xorazmiy she’riyatida xalqchillik, taraqqiyparvarlik gʻoyalari keng oʻrin olgan. Munis Xorazmiyning 1804-yilda bosilgan «Savodi ta’lim» she’riy risolasida savod chiqarishni yengillatish va husnixat san’atini rivojlantirish muammolari koʻtariladi.
Manba. Hasanboyeva O. va boshq. Pedagogika tarixi. Darslik. Mualliflar: O. Hasanboyeva, J. Hasanboyev, H. Homidov. – T.: Gʻ. Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2004. 312 b.
47. Munis Xorazmiyning «Savodi ta’lim» asari haqida ma’lumot bering? Javob. «Savodi ta’lim»ning nazariy qismida oʻzigacha mavjud boʻlgan bolalarga xat-savod oʻrgatuvchi risolalarning barcha nuqson va kamchiliklarni ochib tashlaydi va eski risola bilan oʻzi yaratayotgan risolani bir-biri bilan taqqoslab, eski risolaning oʻsha kungi talablarga javob bera olmasligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beradi.
Manba. Hashimov Komiljon. Pedagogika tarixi: Darslik. Q2/K.Hashimov, S. Nishonova. – T.: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2005. – 304 b.
48. Muhammad Rizo Ogahiyning ilmiy-pedagogik merosi mazmunini tushuntiring? Javob. Yetuk shoir, bilimdon tarixchining she’riy asarlari «Ta’viz ul-oshiq» («Oshiqlar tumori») devonida toʻplangan. Devon Xivada bir necha marta (1905, 1909) tosh bosma (litografiya) usulida nashr qilinadi. Hajmi 18 ming misradan ortiq boʻlgan bu devonda she’riy (nazm) janrning deyarli hamma turi oʻz ifodasini topgan. Ogahiyning she’rlarida xalqparvarlik, ma’rifatparvarlik buyuk va olijanob insoniy fazilatlar ulugʻlanadi.
Manba. Ниёзов F., Ахмедова М.Э. Педагогика тарихидан семинар машғулотлари. - Т.: Ношир, 2011.