30. Hаdis ilmini o‘rgаnishning oltin dаvri deb VIII – IX аsrlаr yashab ijod etgan muhaddislar nomlarini aytib bering?
Javob: (javob qani)
Manba. Hasanboyeva O. va boshq. Pedagogika tarixi. Darslik. Mualliflar: O. Hasanboyeva, J. Hasanboyev, H. Homidov. – T.: Gʻ. Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2004. 312 b.
31. Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlashgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qoʻshgan hissasi qanday boldi?
Javob. Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgandan keyin (1370-y) u va uning avlodlari davri mamlakatimiz tarixi turli tarixiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarga boy davr boʻldi. Bu davrda Markaziy Osiyoda uzoq muddat davom etgan mugʻullar istibdodiga barham berildi. Xususan, bu davrda ilmiy-madaniy hayotning gurkirab rivojlanganligini kuzatishimiz mumkin. Amir Temur tibbiyot, matematika, astronomiya, tarix, adabiyot, tilshunoslik, diniy ilmlarga katta e’tibor berdi.
Manba. Нишонова С. Турдиқулов Э.О. Педагогик атамалар луғати. – Т. Фан” нашриёти, - 2008. – 198 б.
32. Mirzo Ulugʻbekning pedagogik gʻoyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlariga izoh bering.
Javob. Mirzo Ulugʻbek 15 yoshida Movarounnahr hukmdori boʻlgan. U nafaqat hukmdor, balki buyuk olim, fan va san’at tashkilotchisi va homiysi, ustoz sifatida tarixga kirdi. U matematika, astronomiya, tarix, adabiyot ilmi bilan mashgʻul boʻlgan, iste’dodli yosh olimlarni tarbiyalash bilan shugʻullangan. U bobosi Amir Temur ijodini davom ettiradi. Yoʻllar, hammomlar, karvonsaroylar, koʻpriklar, bozorlar quradi: ilmli shoirlarni, san’atkorlarni, olimlarni mamlakatga taklif qiladi.
Manba. Izbullayeva, Gulchehra. Pedagogika nazariyasi va tarixi (Pedagogika tarixi XIII – XIV asrlar) [Matn]: oʻquv qoʻllanma / G. Izbullayeva. - Buxoro: «Sadriddin Salim Buxoriy» Durdona nashriyoti, 2019. - 180 b. (Manba xato, bu ma’lumotlar Izbullayeva darsligida keltirilgan)
Dostları ilə paylaş: |