27. Najmiddin Kubroning pedagogik qarashlari haqida ma’lumot bering? Javob. Najmiddin Kubro oʻz qarashlarini arab tilida yozgan bir necha risolalarida bayon etgan. Kubro Qurʼonga mutasavviflar nuqtayi nazaridan sharh berishni oxirigacha yetkaza olmagan, bu ishni uning shogirdlari tugallagan. Forscha ruboiylarida javonmardlik, pok axloq gʻoyalari ifodalangan. Kubro shaxsi va uning merosi Oʻzbekistonda istiqlol tufayli chuqur oʻrganila boshlandi. 1995-yilda Oʻzbekistonda Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi nishonlandi.
Manba. Yoʻldoshev Oʻ.J. tahriri ostida. Umumiy pedagogika. – T.: «Fan va texnologiya», 2017. - 376 b.
28. Fariduddin Attorning tarbiyaga oid fikrlarini izohlang? Javob. Fariduddin Attor asarlarida xalq ogʻzaki ijodidan unumli foydalangan. «Mantiq ut-tayr» (1175, «Maqomoti tuyur» deb ham nomlangan) asari mashhur. Ushbu asar tasavvufning eng yirik adabiy yodgorligi hisoblanadi. Bundan tashqari, Attor «Pandnoma», «Besarnoma», «Devon», «Vuslatnoma», «Tazkirat ul-avliyo» kabi asarlar muallifi. Uning «Ilohiynoma» asari ham masnaviy yoʻlida bitilgan badiiy-maʼrifiy, falsafiy-axloqiy dostondir.
Manba. Yoʻldoshev Oʻ.J. tahriri ostida. Umumiy pedagogika. – T.: «Fan va texnologiya», 2017. - 376 b.
29. Nosiruddin Tusiyning “Axloqi Nosiriy” kitobida keltirilgan ta’lim va tarbiyaga oid hikmatlaridan birini izohlang? Javob. Ma’rifat sohiblari orasida har narsani boʻlgani kabi idrok etmoqqa, har ishni lozimi kabi amalga oshirishga hikmat deyiladi; 2. Ilm – borliqlarning haqiqatdan qanday ekanliklarini toʻgʻri tasavvur etmoq, insonning yaratuvchi (ijodiy) aqli (nafsi-amora) va sogʻlom tushunchasi doirasida uning xususiyat va sifatlarini kashf etmoqdir. 3. Amal – yashirin quvvatlarni oʻrtaga chiqarmoq, turli xil san’at va kasblardan foyda keltirmoq, turli xil ish odatlarni qoʻlga kiritmoq uchun koʻrsatilgan faoliyatga aytiladi. 4. Axloq ilmi – bu insonni nafsning shunday xususiyatlar qozona bilishidan soʻzlasharki, uning irodasi bilan etilgan butun munosabat va raftor goʻzal, tarifga loyiq boʻlsin.
Manba. Hashimov Komiljon. Pedagogika tarixi: Darslik. Q2/K.Hashimov, S. Nishonova. – T.: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2005. – 304 b. (Manba to’g’rimi?)