Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 50 b.
15. «Avesto»da ta’lim-tarbiyaning qanday modeli aks etgan? Javob. «Avesto»da barcha odamlar «andeshai nek», «guftori nek», hamda «kirdori nek»ka yuz tutib, «andeshai bad», «kirdori bad», «guftori bad»dan
yuz o‘girib yashamoqlari va shu mezonning nazariy jihatlarini anglab, amaliy jihatdan bajarib, axloq me’yorlariga rioya qilish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilgan. (Qavs Ichida so’zlar tarjimasini bering)
Manba. Homidov, Hamidjon. «Avesto» fayzlari / Ilmiy muharrir: N. Komilov. — T.: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr., 2001. – 96 b.
16. Abu Nasr Forobiyning tabiiy-ilmiy fanlar haqidagi qarashlarini izohlang? Javob. Farobiyning tabiiy-ilmiy fanlar haqidagi qarashlari «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» asarida batafsil yoritilgan. Kitobda oʻrta asrda maʼlum boʻlgan 30 dan ortiq fanning taʼrifi, ahamiyati koʻrsatib beriladi. Barcha fanlarni 5 guruhga ajratib ko‘rsatadi: 1) til haqidagi ilm (7 boʻlim – grammatika, orfografiya, sheʼriyat); 2) mantiq va uning boʻlaklari; 3) matematika (arifmetika, geometriya, optika, astronomiya, musiqa, ogʻirliklar haqidagi ilm, mexanika); 4) tabiatshunoslik va metafizika (8 boʻlim – bashorat qilish, tibbiyot, alkimyo); 5) shahar haqidagi fanlar – siyosiy ilm, fiqh, kalom (etika, pedagogika).
Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 53 b.
17. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi mazmunini tushuntiring? Javob. Xorazm madaniyati xorazmlik ulug‘ olim Beruniyning nomi bilan bog‘langan. Beruniy 150 dan ortiq ilmiy asar yozgan bo‘lib, «O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Meteorologiya» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. Beruniy ilm-fanning hamma sohalarini yaxshi bilgan qomusiy olim edi. U astronomiya, geologiya, gidrostatika, geografiya, tarix fanlariga katta hissa qo‘shdi.
Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 50 b.