9. Hadis ilmining mohiyati haqida gapirib bering.
Javob. Hadis islom dini talimoti bo‘yicha Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning hayoti va faoliyati, shuningdek uning diniy va axloqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar biror gap aytgan yoki biror ishni qilib ko‘rsatgan bo‘lsa, yoxud boshqalarning o‘zlaricha qilayotgan biron ishini ko‘rib, uni man etmagan bo‘lsa, shu uch holatning har biri sunnat hisoblanadi.
Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 39 b.
10. Naqshbandiya tariqatida odob masalalari, suluk haqida nimalarni bilasiz?
Javob. Xojagon (Naqshbandiya) tariqati odobi, suluk (aqida, qoida, talab, tabdil)lari: Dastlab Yusuf Hamadoniy tomonidan tartib berilgan bo‘lib, ular: 1. Xush dar dam – tiriklik nafasda. 2. Nazar bar qadam, ya’ni nazar qadamda, Solik yo‘l yurganda uning nazari doimo oyoq panjalarida bo‘lsin, nazari sochilmasin va keraksiz joyga tushmasin, degan ma’noni bildiradi. 3. Safar dar vatan – solik odamiylikning tabiatida safar qilsin, ya’ni yomonlikdan yaxshilik tomon yursin degan ma’noni bildiradi. 4. Xilvat dar anjuman – solik tashqi tomondan xalq bilan, qalban Haq bilan birga degani. (Davomi qani?)
Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 46 b.
11. “Bayt ul-hikma”. Markaziy Osiyo mutafakirlarining Arab dunyosi va jahon madaniyati rivojiga qoʻshgan hissasi.
Javob. Eng mashhur madaniyat markazi shu davrda Bag‘dod shahri edi. Bag‘dodda «Bayt ul-hikma» (donishmandlar uyi)tashkil etilgan edi. «Bayt ul-hikma»da Ahmad Farg‘oniy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad ibn Abdulloh, Marvaziylar ta’lim olganlar. IX-XII asrlarda arab tilida asarlar yozgan eng mashhur allomalar Ahmad Farg‘oniy, Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Abu Nosir Arron va boshqalar.
Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 49 b.
Dostları ilə paylaş: |