1. Аbdullа Аvloniy qalamiga mansub quydagi aforizmni davom ettiring? «Tаrbiyа biz uchun yo hаyot yo mаmot, yo nаjot »? Javob


Kaykovusning «Qobusnoma» asarining mohiyati tushuntiring?



Yüklə 132,24 Kb.
səhifə4/61
tarix22.06.2023
ölçüsü132,24 Kb.
#134176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
pedagogika 300 ta savol (2)

12. Kaykovusning «Qobusnoma» asarining mohiyati tushuntiring?
Javobi. XI asrning 82-83 yillarida G‘arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar o‘z o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab «Nasihatnoma»sini yaratadi va o‘sha davr an’anasiga ko‘ra, uni bobosi podshoh Shamsul maoliy Qobus sharafiga «Qobusnoma» deb ataydi. «Qobusnoma» 44 bobdan tuzilgan bo‘lib, dastlabki boblari: birinchi bob «Parvardigori olamni tanimoq zikrida», ikkinchi bob «Payg‘ambarlarning xilqati zikrida», uchinchi bob «Taolloning shukurguzarlig‘i zikrida», to‘rtinchi bob «Ne’matlarg‘a shukr qilmoq zikrida» mavzulariga bag‘ishlangan. (Davomi qani? Qisqacha qolgan boblari haqida fikr keltiring)
Manba. Qobusnoma/ Kaykovus; forschadan Muhammad Rizo Ogahiy tarj.; nashrga tayyorlovchilar.S.Dolimov, U. Dolimov. – T.: «O‘qituvchi», 2011. – 208 b. 191-b.


13. IX-XII asrlarda ilm-fan rivojiga hissa qo‘shgan Sharq mutafakkirlari va ularning ma`naviy me`rosi haqida aytib bering?
Javob. Ushbu asrlarda ijtimoiy fanlar ham anchagina taraqqiy etdi. Masalan, shoir Abu Abdullo Rudakiyning asarlari, Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma»si, Gardiziyning «Zayn-ulbahor» («Go‘zal xabarlar») asari, Majididdin Admonning «Tarixi mulki Turkiston», Nizomulmulkning «Siyosatnoma»si, Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig», Kaykovusning «Qobusnoma» asarlari shu davrga oid bo‘lib, bundan tashqari shu davrlarda Zamaxshariy, Mahmud Koshgʻariy, Amak Buxoriy, Suzani Samarqandiy kabilar ham ijod etdilar.
Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 50 b.


14. Ahmad Farg‘oniyning ilmiy merosi haqida ma’lumot bering.
Javob. Yurtimizda 1998-yil Ahmad Farg‘oniyning 1220 yilligi nishonlandi. Ahmad Farg‘oniy astronom, matematik, geograf edi. Bag‘dod yaqinida Raqoq nomli mavzeda rasadxona qurilishiga boshchilik qilib, astronomiya maktabini tashkil etdi. Uning «Astronomiya asosi», «Samoviy harakatlar», «Yulduzlar haqidagi fan»nomli asarlari mashhurdir.

Yüklə 132,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin